-modda. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning vakolatlari




Download 81.78 Kb.
bet7/15
Sana28.03.2023
Hajmi81.78 Kb.
#47127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
e hukumat to\'g\'risida qonun
2.1, Instruktsiya-Didox.uz-EX, 1.1Что дала обществу коммерциализация образования и науки, Referat, BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov
15-modda. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organdir.
Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida:
elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
(15-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi;
davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
elektron hukumat sohasidagi monitoringni amalga oshiradi, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hisobot materiallarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi;
elektron hukumat infratuzilmasining markaziy ma’lumotlar bazalariga, idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga, Ma’lumotlarga ishlov berish markaziga va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga taalluqli qismining ishlab turishini ta’minlaydi;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sifatini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi darajasini baholaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24-moddasi.
axborotni to‘plash, saqlash, unga ishlov berish, uni uzatish va almashish bo‘yicha standartlar hamda texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron hamkorlik qilish tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
elektron davlat xizmatlarining reglamentlari kelishib olinishini amalga oshiradi;
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi.
elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirishga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlaydi;
elektron hukumat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qaroribilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida nizom”.

Download 81.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 81.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning vakolatlari

Download 81.78 Kb.