• Iqtisodiy tahlilning
  • Moddiy rag`batlantirish
  • 1. Boshqaruv usullari to'g'risida tushuncha




    Download 88.4 Kb.
    bet4/5
    Sana21.11.2022
    Hajmi88.4 Kb.
    #31125
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, 3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 222222222
    Rejalashtirish – boshqaruv faoliyatini ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilish usullaridan biridir. Rejalar korxona faoliyatining barcha jihatlarini: moddiy-texnika ta’minoti, ishlab chiqarish, mahsulot sotish moliyaviy va investitsion faoliyat, personal faoliyatini qamrab oladi. Rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy maqsadi, vazifalari va yo`nalishlarini hamda erishilishi ko`zda tutilayotgan natijalarni oldindan belgilab olish hamda prognozlashtirish imkonini beradi. Rejalarni operativ, joriy va istiqbol davrlar uchun, alohida ish turlari yoki muayyan bir investitsion loyihalar uchun hamda korxonaning barcha faoliyatini qamrab oluvchi biznes-reja tarzida tuzish mumkin.
    Samarali boshqaruv tizimini yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik muammolarning oqilona yechimini topish, mavjud shart-sharoitlar hamda vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida ta’minlanadi.


    Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - rejalashtirish tizimi orqali belgilangan maqsad va vazifalarga erishish holatini operativ ma’lumotlar, statistik va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etib borish hamda tegishli qarorlar qabul qilishdir.
    Iqtisodiy tahlil vositalari orqali korxonaning o`tgan davr va joriy holatdagi iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil etish, biznesdagi sheriklarning moliyaviy ahvolini o`rganish, o`zga korxonalar tajribasi bilan yaqindan tanishish orqali bu tajribalarni qo`llash imkoniyatlarini o`rganish hamda iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish rezervlarini qidirib topish mumkin.


    Moddiy rag`batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Bu usul ishlab chiqarish natijalari va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishdan shaxsning manfaatdorligini ta’minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
    Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim.
    Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir.
    Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
    Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga jamoaning alohida individual shaxslardan tashkil topgani e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
    Shaxsning individual xususiyatlari, yashash tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ruhiy holati, bilim va malakasi, kasbiy tayyorgarligi uning professional sifatlarini ro`yobga chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruvchilar shaxsning ijodiy yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qaratilgan intilishlaridan unumli foydalanishlari, uni shaxs sifatida kamolotga yetishiga keng yo`l ochib berishlari maqsadga muvofiq.
    Mehnat unumdorligi va sifat ko`rsatkichlarini oshirish faqatgina jamoa hamda individual xodimning ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish evaziga ta’minlanishi mumkin. Xodimlarni tanlashda ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlari va kasbiy malakasiga keng e’tibor qaratish lozim.
    Mehnat jamoasini boshqarishda quyidagi uchta bosqichni ajratib ko`rsatish mumkin:



    Download 88.4 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 88.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Boshqaruv usullari to'g'risida tushuncha

    Download 88.4 Kb.