Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari




Download 88.4 Kb.
bet2/5
Sana21.11.2022
Hajmi88.4 Kb.
#31125
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-sinf infor test 3chorak, Фотоника Маг Химоя тақризчилар, химоя 2022, СХ-02М, 201 k Abdullayev Doston mt5, 9 monitoring test, 14-mavzu Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha. Ge, 3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi, Lecture 25 (2), innovatsion ped tex mid term 3 course, Kurs ishi ramka ElMash, 6666, 7856785, 6876786786786Microsoft Word (2), 222222222
Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari
Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi.
Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo`ladi. Negaki, eng maqbul usullar ham noto`g`ri qo`llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo`llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko`rsatish mazmuniga ko`ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud.

Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko`p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo`llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi (3-chizma). Tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo`lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma’naviy va ma’muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo`ladi.



Hokimiyat – boshqaruvchining irodasi, ta’sir kuchi, qobiliyatlari va malakasi, obro`si va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida xodimlarning mehnat faoliyatiga ta’sir o`tkazish imkoniyatlari va usullarini ifodalaydi. Ma’muriy-tashkiliy ishlar mehnat jarayonlarini reglamentga solish va me’yoriy normativlarni belgilash orqali ham amalga oshiriladi.

Reglamentga solish boshqaruv tuzilmalari va xodimlari faoliyatini qonunlar, qoidalar, buyruqlar, nizomlar orqali aniq belgilab qo`yish va ularni qo`llashga oid yo`riqnomalar ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari har bir mansabning bajaradigan ishlari turlarini, vakolatlarini, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan mansab yo`riqnomalari ham ishlab chiqilishi mumkin.

Me’yorlash, o`z navbatida, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy, mehnat va kapital sarflarini hamda ishlab chiqarish natijalarini ma’lum bir normativlar, kvotalar o`rnatish orqali miqdoriy chegaraga solishni anglatadi.


Download 88.4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 88.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari

Download 88.4 Kb.