|
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 208/218 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #14382 |
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VII.Dars bayoni:
Elektroliz jarayoni qanday jarayon ekanligini bilib olish uchun quyidagi tajribani ko‘rib chiqamiz.
Elektroliz jarayonini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus idish (elektro- lizyor yoki elektrolitik vanna) olamiz. Uni ichiga mis (II) xlorid eritmasidan solamiz.
Shu idishga elektrodlarni tushiramiz. Birinchi elektrodga elektr tokining manfiy qutbi, ikkinchisiga musbat qutbi ulanadi. Manfiy qutb ulangan elek- trod katod va musbat qutb ulangan elektrod esa anod deb ataladi.
Katod Anod
Katod va anodni o‘zgarmas tok manbayiga ulasak, reaksiya sodir bo‘ladi. Ya’ni mis (II) xlorid tarkibidagi musbat zaryadlangan Cu2+ kationlari manfiy zaryadlangan katod tomon harakatlanadi. Manfiy zaryadlangan Cl- anion- lari esa musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi.
Katod Anod
Eritmadagi musbat ionlar (Cu2+) katodga borib elektronlar qabul qiladi va neytral atomlarga (Cu) aylanadi, manfiy ionlar (Cl-) anodga borib zaryadsizlanib (Cl2) elektronlarini beradi. Natijada katodda qaytarilish, anodda oksidlanish jarayoni yuz berdi. Ya’ni elektroliz jarayoni sodir bo‘ldi.
Eritmada yoki suyuqlanmada elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanish- qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|