Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli




Download 0,53 Mb.
bet47/218
Sana07.05.2021
Hajmi0,53 Mb.
#14382
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218
Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars usuli: an’anaviy

I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

V Yangi mavzu bayoni

Ma’lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘li- shi mumkin. Moddaning gaz va suyuq holati da zarrachalar tartibsiz joylash­gan bo‘ladi, bu zarrachalar orasidagi o‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holat­dagi moddalarning muayyan shakli bo‘lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq ham- da gazsimon jismlarning aksincha, ma’lum mustaqil shaklga ega bo‘lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat’i nazar saqlab qoladi.

Qattiq moddalar ichki tuzilishiga, ya’ni zarrachalarining bir-biriga nis- batan qanday tartibda joylashganligiga qarab kristall va amorf moddalarga bo‘linadi. Bir moddaning o‘zi ham kristall, ham amorf holatda bo‘lishi mumkin (masalan, kristall holdagi kvars, amorf holdagi qumtuproq), lekin kristall holat doimo amorf holatga qaraganda barqaror bo‘ladi.

Kristall moddalarda zarrachalar ma’lum tartib bilan joylashgan bo‘ladi va fazoviy kristall panjarani hosil qiladi. Fazoviy kristall panjaraning ko‘p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar yacheyka deyiladi.

Kristall panjaralar zarrachalarning fazoda joylashish xususiyati va zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sir turiga qarab molekulyar, atomli, ionli va metall panjaralarga bo‘linadi.

Molekulyar kristall panjarali moddalarda kristall panjara tugunlarida, elektroneytral molekulalar bo‘ladi. Shu sababli molekulyar panjara ancha bo‘sh va unda molekulalar o‘z xossalarini saqlab qolgan bo‘ladi.

Ionli kristall panjara tugunchalarida ionlar joylashgan bo‘ladi. Ma­salan, natriy xlorid (osh tuzi) kristall panjarasini olib ko‘raylik. Unda har qaysi natriy ioni oltita xlor ioni bilan, har bir xlor ioni esa oltita natriy ioni bilan qurshab olingan. Natriy ioni musbat, xlor ioni esa manfiy zaryadli bo‘lgani uchun bu zaryadlangan zarrachalar o‘zaro elektrosta­tik kuchlar bilan tortishib turadi, demak, bunday moddalar molekulalarida ionli bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Deyarli barcha tuzlar, ba’zi oksidlar va asoslarning kristall panjaralari ionli bo‘ladi. Atom kristall panjara hosil qilgan moddalarda panjara o‘zaro puxta kovalent bog‘lanish bilan bog‘langan elektrneytral atomlardan tarkib topgan bo‘ladi.Metall kristall panjarada musbat ionlar tebranma harakat holatida turadi: musbat ionlar orasida erkin elektronlar barcha yo‘nalishlarda tartibsiz harakatda bo‘ladi. Bu elektronlar panjara ichida bir ion ikkinchisi to­mon bemalol siljib yurganligi sababli erkin elektronlar deyiladi. Metallarning elektr, issiqlik o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va metallar uchun xos boshqa xususiyatlar ana shu erkin elektronlar bilan bog‘liqdir.


Download 0,53 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli

Download 0,53 Mb.