Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli




Download 0.53 Mb.
bet7/218
Sana07.05.2021
Hajmi0.53 Mb.
#14382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218
Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars usuli: an’anaviy

I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

V Yangi mavzu bayoni

  1. masala. Tartib raqami 21 bo‘lgan elementning davriy sistemadagi o‘rniga qarab, kimyoviy xossalarini tushuntirib bering.

Yechish. Davriy sistemaga qarab, tartib raqami 21 bo‘lgan element III gruppaning qo‘shimcha gruppachasida joylashganligini aniqlaymiz. Bu ele­ment - Sc skandiydir. Sc ning elektron formulasi: 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d1 4s2 . Demak, Sc - d - elementdir.

Bu element +3 oksidlanish darajasini namoyon qilib, 4- pog‘onachadan 2 ta elektronni osonlikcha berishi mumkin. Bunda u asosli xossalarini namoyon qiladigan Sc oksid va Sc(OH)3 gidroksid hosil qiladi. Skandiy qo‘shimcha gruppachada joylashganligi uchun vodorod bilan gazsimon birikmalar ho- sil qilmaydi.

Skandiy atomi, shuningdek, oxiridan oldingi energetik d- pog‘onachadan ham elektronlar berishi mumkin (1 ta elektronni). Yuqori oksidlanish daraja - siga mos keladigan oksid Sc2O3.


  1. masala. Tartib raqami 40 bo‘lgan element D.I.Mendeleyev dav­riy sistemasining qaysi gruppasida va qaysi davrida joylashgan?

Yechish. Elementlar atomlarining tuzilishiga ko‘ra davriy sistemada quyidagicha joylashgan: birinchi davrda 2 ta, ikkinchi davrda 8 ta, uchinchi davrda 8 ta element bor. Uchinchi davr tartib raqami 18 bo‘lgan element (2 + 8 + 8 = 18) bilan tugaydi. To‘rtinchi davrda 18 element bor, ya’ni u tar­tib raqami 36 bo‘lgan element bilan tugaydi. Beshinchi davrda ham 18 element bo‘lgani uchun 40- raqamli element beshinchi davrda joylashgan. U beshin­chi o‘rinni egallaydi, binobarin, beshinchi gruppada (qo‘shimcha gruppachada) turadi. Bu sirkoniy Zr 5- davr IV guruh elementidir.

  1. masala. Germaniy atomining qo‘zg‘algan holatdagi elektron konfi- guratsiyasini ko‘rsating.

Yechish. Masala shartiga ko‘ra germaniy elementini qo‘zg‘algan holat­dagi elektron konfiguratsiyasini topish kerak. Bundan oldin tinch holatdagi elektron konfiguratsiyasini yozamiz.

1s2 2s2 2p6 3s23p6 3d10 4s24p2

Asosiy holatda germaniy atomning to‘rtinchi pog‘onasida 4s1 va 4p2 bo‘ladi.



Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli

Download 0.53 Mb.