Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usullar: Suhbat, demonstratsion.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Plakatlar. Termos, radiator. 3. Doska, bo’r.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Forobiy, Ar-Roziy, Beruniy, Ibn-Sino, issiqlik uzatish, issiqlik o’tkazuvchanlik, konveksiya yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar o’z taqdimotlarida o’tgan mavzu haqida fikr bildiradilar.
2.O’tgan mavzuni so’rash Bu mavzu oldingi mavzuning uzviy davomi bo’lganligidan o’tilganlarni takrorlashga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun qisqa javobli savollar tashlanib, ko’p o’quvchilardan og’zaki javoblar olinishiga erishiladi. Lekin savollarga "ha" yoki "yo’q" deb javob berilmagani ma’qul.
Savol namunalari: 1. Nima uchun qizdirilgan detallar suvga tushirilsa, havoga qaraganda tezroq soviydi?
2. Kumush va chinni piyolalarga choy quyildi. Qaysi birida choy tez soviydi?
3. Qishda odamning oyog’i katta poyafzal kiysa sovqotadimi yoki kichik poyafzal kiysami?
4. Qora tuproqli yer Quyosh nurlarida yaxshi qiziydimi yoki oqish kul rang tuproqmi?
|