• 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • Dars turi: Yangi bilim berish Darsning usuli




    Download 2,52 Mb.
    bet162/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230
    Dars turi: Yangi bilim berish

    Darsning usuli: Suhbat, Aqliy hujum

    Dars materiallari:1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.

    2. Plakatlar.3. Dvigatel modellari



    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism.

    2.O’tilgan mavzuni so’rash.

    1. O’tilganlarni takrorlash uchun o’quvchilarga savollar tashlanadi.

    2. Issiqlik dvigatelining qanday turlarini bilasiz?

    3. Bir silindrli ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipini tushuntirib bering.

    4. Bug’ turbinasi qanday ishlaydi?

    5. Dizel dvigatelining ishlash prinsipini bilasizmi?



    3. Yangi mavzuning bayoni.

    Har biringiz rezina sharni puflab ko'rgansiz. Shishirilgan shaming og'zini bog'lamasdan qo'yib yuborsangiz, shar o'zini u yoq, bu yoqqa tashlab uchadi. Bunda sharcha qanday kuch ta'sirida harakatlanadi? Pufak sharchadan otilib chiqayotgan havo oqimi orqa tomonga harakat qilsa, uning aks ta'siri natijasida pufak shar oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel ham xuddi shunday ishlaydi. Dvigatelda yongan gazlar orqaga otilib chiqsa, dvigatelning o'zi oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel samolyotga, raketaga yoki poyga avtomobiliga o'rnatilishi mumkin. Ularning harakati reaktiv harakat natijasida bo'ladi. Bundan qariyb ming yillar ilgari porox dvigateli ixtiro qilingan. Ular hozirda qattiq yoqilg'ili dvigatel deb ataladi. Porox - ko'mir, oltingugurt va selitra aralashmasidan iborat. Selitrada yonish uchun zarur bo'lgan kislorod bor. Bunday dvigatellar harbiy va signal raketalarida o'rnatilgan. Ulardan hozirgi zamon harbiy raketalarida ham foydalaniladi. Lekin ishlatiladigan porox tarkibi boshqacha. Reaktiv dvigatellarining ayrimlarida atrofdagi havodan foydalaniladi. Uni havo reaktiv dvigateli deyiladi. Havodan foydalanmaydiganlarini raketa dvigateli deb ataladi. O'tgan asrning 40-yillarida olimlar suyuq yonilg'ili reaktiv dvigatelni yaratdilar. Bunday dvigatelning yonish kamerasiga alohida baklardan suyuq yonilg'i va oksidlovchi yuboriladi. Yonish kamerasida yongan yuqori temperaturali gazlar «soplo»dan otilib chiqib, raketani oldinga itaradi. Bunday dvigatellar hozirgi kunda raketalarni kosmosga olib chiqmoqda. Samolyotlar uchun havo reaktiv dvigatellari ixtiro qilingan. Ularda yonish uchun kerak bo'ladigan kislorodni havodan olinadi. Samolyotga o'rnatilgan dvigatel havoni tortib olib, uni yonish kamerasida kerosin bug'lariga aralashtiradi. Bunday dvigatelni turboreaktiv dvigatel deyiladi. Turboreaktiv dvigatelning soplosidan chiqayotgan gazning temperaturasi ~500°C, tezligi -550 m/s atrofida bo'ladi. Qiruvchi harbiy samolyot soatiga 1000 km uchishi uchun, uning dvigateli 13-14 ming ot kuchiga ega bo'lishi kerak. Shunday kuchga ega bo'lgan porshenli dvigatel mas- sasi bir necha ming tonna bo'lar edi. Uning o'lchamlari juda katta bo'lib, samolyotga sig'magan bo'lar edi. Shunday quvvatli turboreaktiv dvigatel porshenli dvigateldan 3-4 marta kichik bo'ladi. Turboreaktiv samolyot qancha katta balandlikda uchsa, dvigatel shuncha yaxshi ishlaydi. Porshenli dvigatelda esa, aksincha.

    Yuqorida ko'rib o'tilgan ichki yonuv dvigateli, dizel dvigateli hamda reaktiv dvigatellarida yonish mahsulotlari atmosferaga chiqariladi. Yonish mahsulotlari tarkibida esa zaharli gazlar juda ko'p bo'lganligidan atrof havoni ifloslantiradi. Havodan zaharli moddalar (ayniqsa, qo'rg'oshin birikmalari) o'simliklarga o'tib, ularni ham iste'molga yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Shu sababli atrof- muhitni muhofaza qilish maqsadida avtomobillardan chiqayotgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning bo'lish chegarasi belgilab qo'yilgan. Yaxshi sozlangan dvigateldan chiqayotgan gaz (tutun) tarkibi belgilangan me'yorda bo'ladi. Ularni avtomobilni texnik qarovdan o'tkazish va nazorat davrida maxsus xodimlar tekshirib turishadi.


    Download 2,52 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: Yangi bilim berish Darsning usuli

    Download 2,52 Mb.