Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: Suhbat Aqliy hujum.
Dars materiallari:1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Elektr lampochkasi, sham, ko’zgular, lyuminessent lampa, quyosh nuridan ishlaydigan kalkulyator, fotosurat, oftobda qoraygan gazmol yoki gazeta parchasi.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Guruhlar o’qituvchining rahbarligida biror usulni qo’llab hosil qilinadi. Yangi mavzuga doir tushunchalardan foydalanishni tavsiya etamiz. Masalan: Quyosh, Yulduz, oy, lampochka, sham, olov, fotoapparat va hokazo. Taqdimotda o’quvchilar o’z bilganlarini bayon qiladilar.
2. O’tilgan mavzuni so’rash.
1. Mashinalar har yili texnik qarovdan o’tkaziladi. Bunda avtomobildan chiqayotgan tutun ham tekshiriladi. Nima uchun?
2. Qaysi ichki yonuv dvigatelida yonishdan chiqqan zaharli gazlar kam bo’lishi mumkin?
3. Qanday qilib issiqlik dvigatellarida yoqilg’ining to’la yonishiga erishish mumkin?
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikri olinadi. Buning uchun quyidagi yo’naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin.
1.Yorug’lik nima deb o’ylaysiz?
2. Yorug’likning qanday manbalari bor deb o’ylaysiz?
3.Yorug’likning tabiiy manbalariga nimalar kiradi deb o’ylaysiz?
4. Yorug’likning sun’iy manbalariga nimalar kiradi deb o’ylaysiz?
|