1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet166/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   230
3. Yangi mavzuning bayoni.

O'zlaridan yorug'lik chiqaradigan jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o'ziga tushgan yorug'likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko'zgular.

Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o'zlaridan nur chiqaradi. Yorug'lik manba- larini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun 'iy manbalar.

Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog'dusi, yaltiroq qo'ng'izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug'likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug'lik manbalariga sun'iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi.

Yorug'lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo'ladi. Jismlarning yorug'lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo'lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o'zgaradi. Masalan: elektr lampochkasidan belgilangan tok o'tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.

Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan jismlar yorug'likni qabul qilgichlar deyiladi. Inson ko'zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, Quyosh batareyalari, televizor va magnitofonlarni boshqaruvchi pultlar shular jumlasidandir. O'simliklarda Quyosh nurlari ta'sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo'lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog' hosil bo'ladi.




Download 2,52 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.