• 3. Yangi mavzuning bayoni
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usullari




    Download 2,52 Mb.
    bet87/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi

    Dars usullari. Suhbat demonstratsiya usullari

    Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.

    2. Namoyish-tajriba uchun kerakli jihozlar


    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism.

    2.O’tilgan mavzuni so’rash:

    1. Arximed qonuni ta’rifida suyuqlik yoki gazga to’la botirilgan jism haqida gap boradi. Agar jism hajmining bir qismi botgan bo’lsa, qonun o’rinli bo’ladimi?

    2. Havo shariga Arximed kuchi ta’sir qilgani uchun ko’tariladi. U butunlay ko’tarilib atmosferadan chiqib ketadimi?

    3. Yangi mavzuning bayoni:

    Siz tinch holatda turgan suyuqiik va gaziarning idish devoriga bosim berishi haqida bilib oldingiz. Tabiatda va turmushda suyuqlik tinch holatdan tashqari harakatda ham bo'ladi.

    Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod quvurlarida oqayotgan suvda qanday kuchlar vujudga keladi? Buni o'rganish uchun ariqda oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab ko'raylik. Suvi mo'l, keng kanalda sekin oqayotgan suvning o'rta qismi bir tekisda, taxminan bitta chiziq bo'ylab harakat qiladi. Buni suvda birga oqib kelayotgan cho'plar harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin. Bunday oqim qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Tog'dan tushib kelayotgan ariq suvi tez oqadi. Unga tashlangan mayda cho'plar, barglar harakati kuzatilsa, ko'pchilik joylarida girdob, ya'ni uyurma ko'rinishidagi harakatlar hosil bo'ladi. Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak, suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi tufayli qatlamlarning siljishi nayning o'rta qismida tezroq, chetki qismlarida sekinroq bo'lar ekan. Suyuqiik tinch holatda turganiga nisbatan harakat holatida qo'shimcha bosim hosil bo'ladi. Bu bosimga dinamik bosim deyiladi. Bosim suyuqiik yoki gazning tezligiga qanday bog'liq bo'ladi?

    Buning uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Ikki varaq qog'oz olib, tik holatda ushlaylik. So'ngra qog'oz orasiga puflaylik.

    Shunda qog'ozlar bir-biriga tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi shundaki, qog'ozlar ora¬sidagi havo puflash natijasida harakatga keladi va u joydagi bosim kamayadi. Qog'ozlarning tashqi tomonidagi bosim ichki qismidagidan katta bo'lib qolganligi tufayli qog'ozlarni siquvchi kuch paydo bo'ladi. Bahor paytida uchiriladigan varraklaringizning osmonga ko'tarilishining sababi ham bosimlar farqi hosil bo'lishidadir. Bunda varrak osti va ustki qismidan o'tuvchi shamol tezligi turlicha bo'lganligidan ko'taruvchi kuch paydo bo'ladi .Bir tomonga harakatlanayotgan ikkita kema ba'zan hech qanday sababsiz to'qnashib ketganligi kuzatilgan. Buning sababini ham xuddi ikkita qog'oz varag'i orasiga puflanganida bosimlar farqi hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Samolyotlarning parvozi ham aynan shu hodisani o'rganish tufayli amalga oshirildi. Buni samolyot qanotining maxsus tuzilishi bilan tushuntiriladi.

    Samolyot qanotiga kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki tomonidan o'tadi. Ustki qismida shamol o'tishi kerak bo'lgan yo'l pastki qismidan ko'proq. Shu sababli ustki qismida shamol tezligi pastkisidan kattaroq bo'lishi kerak. Demak, shamol tezligi katta bo'lgan joydagi bosim shamol tezligi kichik bo'lgan ostki qismidagi bosimdan kichik bo'ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo'nalgan bosimlar farqi hosil bo'ladi. Oqim turbulent bo'lsa, bosimlar farqi shuncha katta bo'ladi. Bunga samolyot qanotini ko'taruvchi kuch deyiladi.

    Futbol maydonida burchakdan tepilgan to'pning burilib darvozaga kirganini televizorda yoki stadionda kuzatganlar ko'p. To'pning burilishiga nima majbur qiladi? Bunga sabab shuki, to'pning o'rtasiga emas, balki biroz chetrog'iga tepgan usta futbolchi uni to'g'ri harakati davomida aylanishiga majbur qiladi. Natijada to'pning chap va o'ng tomonidagi havo oqimining tezligi o'zgaradi va bosimlar farqi hosil bo'lib, to'pni darvoza tomonga buradi.


    Download 2,52 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usullari

    Download 2,52 Mb.