4. Don va unning kislotaliligi.
Don va uning sifatini aniqlaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biri - ular tarkibidagi kislota miqdori hisoblanadi va unni saqlash
jarayonida donning buzilishi natijasida kislota miqdori oshib boradi. Shunday qilib, kislota miqdori don va don mahsulotlarining muhim yangilik sifat ko‘rsatkichidir.
Don va don mahsulotlaridagi kislota miqdori:
tarkibida ishqorni biriktiradigan karbonil guruhlari bo‘lgan oqsillarga;
amilaza fermenti ta’sirida ajralib chiqadigan oddiy shakarlarga;
lipaza fermenti ta’sirida hosil bo‘ladigan moy kislotalariga;
donda har xil birikmalar sifatida ko‘p miqdorda uchraydigan fosfat kislota, sirka, sut, olma va boshqa organik kislotalarga bog‘liq.
Agar don va don mahsulotlari o‘z-o‘zidan qizishga yoki chuchuklanishga uchrab buzilgan bo‘lsa, sirka va sut kislotasi miqdori ortganligini bildiradi.
Un va yorma yangiligining muhim ko‘rsatkichi, spirtli yoki efirli ekstraktning kislotaliligi hisoblanadi, chunki bu ekstraktlarga yog‘ning gidrolizi natijasida ajralib chiqadigan moy kislotalar o‘tadi.
Xulosa
Donlarni qayta ishlashning istiqbollari, donlarning tuzilishi va kimyoviy tarkibi, ularning yetilishi va unib chiqishidagi biokimyoviy jarayonlar, don tarkibidagi namlik, donning nordonligi, donning nafas olishi, ulardan foydalanish yo‘llari hamda boshqa o‘simlik urug‘larida kechadigan biokimyoviy jarayonlar, don va don mahsulotlari tarkibidagi vitaminlar haqidagi ma`lumotlar ajratilgan vaqt me`yoriga mos ravishda yetarlicha yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Владимирова Е.Г., Ушакова Г.И., Кушнарева О.П., Биохимия, Методическое
указания к лабораторному практикум. Оренбург. 2004 - 62с.
2. Deniz Ekinci “Biotechnology” Publisher: InTech. Rijeka, Croatia, 2015
3.Turaqulov Yo.X. Biokimyo. Darslik., Т.:O‘zbekiston, 1996. - 480b.
4. Казаков Е.Д., Карпиленко Г.П. Биохимия зерна и хлебопродуктов (3-е переработанное и дополненное издание)., Учебник. СПб.: Высшая школа
ГИОРД,- 2005 -510 с.
|