-usul: Kimyoviy va bunda namlik CaCl2 yordamida aniqlanadi. 3. Donning kuldorligi

Download 0,77 Mb.
bet4/5
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111189
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Donning asosiy xususiyatlari Qayta ishlash jarayonida donni t

3-usul: Kimyoviy va bunda namlik CaCl2 yordamida aniqlanadi.
3. Donning kuldorligi.
Don va unni kuydirish natijasida kul hosil bo‘ladi. Unning kuldorligi uning sifatini aniqlashda va un tortish texnologik jarayonini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Donning asosiy mineral elementlari kalsiy va fosfor hisoblanadi, keyin esa oltingugurt, magniy va xlordir.
Don va unni kuydirishda hosil bo‘ladigan kul faqat anorganik birikmalardan hosil bo‘lmasdan, organik birikmalardan ham kelib chiqadi, chunki ular tarkibida u yoki bu elementlar mavjud.
Masalan, CO2 tarkibida oltingugurt bo‘lgan aminokislotalardan, P2O5 -murakkab oqsillar va fosfatidlardan hosil bo‘ladi. Donning alohida qismlarining kuldorligi bir xil emas va donni yanchish jarayonida boshqarishni shu orqali olib boriladi. Aleyron qavat va qobiqda kuldorlik eng katta, endospermda kamroq va eng kam murtakda. Kuldorlikning bunday taqsimlanishi unning sifatini boshqarishda muhim texnologik ahamiyatga ega. Unning sifatini sinashda eng to‘g‘ri yo`l uning tarkibidagi odam organizmida hazm bo‘lmaydigan kletchatka va gemitsellyulozani aniqlashdir, ammo bu tahlillar ancha murakkab va ko‘p vaqtni oladi.
Shu bilan birgalikda, unda qancha ko‘p kepak yoki kletchatka bilan gemitsellyuloza bo‘lsa, shuncha kuldorlik ortishi aniqlangan. Kuldorloikni aniqlash nisbatan oson va tez. Shuning uchun gemitsellyuloza va kletchatkaning miqdorini aniqlamasdan, un tarkibidagi kulning miqdori aniqlanadi va shunga asoslanib unning sifati, uning tarkibidagi kepak aniqlanadi. Kul miqdori un tarkibidagi odam organizmida hazm bo‘lmaydigan kletchatka va gemmitsellyuloza miqdori haqida axborot beradi.
Bugungi kunda kuldorlik o‘rnida unning ranggi aniqlanadi, aynan rang orqali un tarkibidagi kepak miqdori haqida fikr yuritishimiz mumkin.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

-usul: Kimyoviy va bunda namlik CaCl2 yordamida aniqlanadi. 3. Donning kuldorligi

Download 0,77 Mb.