|
1. Donning asosiy xususiyatlari
|
bet | 3/5 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #111189 |
Bog'liq 1. Donning asosiy xususiyatlari Qayta ishlash jarayonida donni t2. Dondagi suv.
Don va uning namligi (suv miqdori) ularning muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tayyorlov korxonalarida donni birinchi navbatda namligiga qarab qabul qilinishi kerak. Donning yetilishi jarayonida uning namligi kamayib boradi. Yetilishning eng birinchi bosqichlarida bug‘doy donining namligi 75 % ga teng, keyinchalik 20- 25% gacha kamayadi va to‘la yetilganda 15 - 20% bo‘ladi.
Donda suv ikki xil holatda uchraydi: erkin va bog‘langan.
Bog‘langan suv deb donning tarkibiy qismlari, birinchi navbatda oqsillar bilan barqaror fizika-kimyoviy bog‘langan suvga aytiladi. Bunday suvning dondagi
miqdori 14-15%. Agar donning namligi yuqori bo‘lsa, u paytda erkin suv paydo bo‘ladi va barcha biokimyoviy jarayonlar keskin kuchayadi. Muvozanat namlik nisbiy tushunchadir. Agar don ma’lum nisbiy namlik yaratilgan yopiq fazoga qo`yilsa, quruq don suvni biriktirib namlanadi va don namligi atrof-muhitdagi namlik bilan muvozanatda bo‘ladi.
Va aksincha, agar donni quruq fazoga joylashtirsak, u namlikni o‘zidan chiqara boshlaydi va bu jarayon atrof – muhitdagi namlik bilan muvozanatga kelguncha davom etadi. Bu "muvozanat namlik"dir.
Don suvga tushirilganda namlikni singdira boshlaydi va donning bo‘kishi kuzatiladi. Bu hodisa donning unishida va uni tegirmonda qayta ishlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki don yanchishdan oldin namlaniladi. Namlashdan maqsad – don mag‘zini murtakdan va aleyron qavatdan ajratib olish. Suv murtakka kiritilmaydi, chunki u don qobig‘i devoridan qiyin o‘tadi.
Qobiqning tashqi qavatlari ho`llanish natijasida elastiklanadi, murtak bo‘lsa boshlang‘ich sinuvchan holatda qoladi.
Shuning uchun qobiq va endosperm murtakdan ajralib kepakka o`tib ketadi.
Namlikni aniqlashning 3 ta usuli mavjud.
1- usul: Don, un va yormani 1050 C haroratda 40 daqiqa davomida qizdirish orqali aniqlanadi.
2-usul: Elektrolitik, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlikka, yoki dielektrik doimiylikni (don yoki unning) aniqlashga asoslangan.
|
| |