|
O’zbekiston Respublikasida raqamli imzo haqida qonun
|
bet | 2/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 32,46 Kb. | | #140857 |
Bog'liq 1. Elektron raqamli imzo haqida O‘zbekiston Respublikasida raqamO’zbekiston Respublikasida raqamli imzo haqida qonun
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash vaelektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi.Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi.Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita tizimidagi «UNICON.UZ» – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi qoshidagi Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan:
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron identifikatsiyalash tizimini yaratish;
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning ajratilishini ta’minlash;
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini boshqarish tizimini yaratish.
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni bajaradi.
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalarida belgilangan formatdan foydalanadi.
Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy boshqaruvni oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq kalitlari sertifikatlarining muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy boshqaruvning dasturiy ta’minoti o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni ro‘yxatga olish markazini uzoqdan turib boshqarilishini ta’minlaydi.
Elektron raqamli imzoning e-biznesdagi ahamiyati, O‘zbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari.
|
| |