• Buzilishga barqarorlik
  • Masshtablashtirish.
  • Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi.
  • Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik




    Download 22.49 Kb.
    bet2/2
    Sana01.02.2023
    Hajmi22.49 Kb.
    #40587
    1   2
    Bog'liq
    v i86Tm4rSqf1chCP7Bh2S6eV5ur5egn
    Kozlov, 5012, 11-маъруза, Analogli va raqamli o’lchash asboblari, Грант 2019-йил, 1.лекция Energomenejment, Boymuratov Faxriddin, 8амалиётЭМ, 1-амалий, PK 5.1.wav, 2-k sirtqi Ona tili naz.va amal. SOI 2023 kuzgi (1), 1uqH3XddSVXs4, vektor , vektor
    Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik.
    Hisoblash tizimlarining muhim xarakteristikasi bu ishonchlilik. Ishonchlilikni oshirish yuqori darajadagi integrasiyali komponentlarni qo’llash hisobiga uzluksiz ishlamaslik va buzilishlarni kamaytirish, shovqin darajasini kamaytirish, sxemalarning ish holatini yengillashtirish, ularning ishidagi sovutish talablarini ta’minlash, bulardan tashqari apparatlarni va tizimlarni to’liqligicha yig’ish va testlash usullarini mukammallashtirish yo’li bilan ta’minlanadi.
    Buzilishga barqarorlik - bu tizimning nosozlik yuzaga kelganda dastur bo’yicha berilgan harakatini (vazifasini) davom ettirishni ta’minlaydigan xususiyat. Buzilishga barqarorlik xususiyati ko’plab apparat va dasturiy ta’minotlarni talab qiladi. Ishonchlilikning asosiy muammolar yo’nalishlari nosozlikni bartaraf etish va buzilishga barqarorlik bilan uzviy bog’liq.
    Masshtablashtirish.
    Masshtablilik prosessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o’zida aks ettiradi. Masshtablilikni kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, bundan tashqari mos dasturiy vositalar ta’minlashi kerak.
    Har bir yangi prosessorning qo’shilishi haqiqatdan qulay narxda masshtablanuvchi tizimda bashorat qilingan unumdorlik va o’tkazuvchanlik imkoniyatining oshishini ta’minlab berishi kerak. Masshtablanuvchi tizimlarni yaratishning asosiy vazifalaridan biri, tizimni kengaytirish, narxini kamaytirish va rejalashni soddalashtirishdan iborat. Ideal holatda tizimga kompyuterni qo’shish uning unumdorligini chiziqli o’sishiga olib kelishi kerak.
    Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi.
    Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo’llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat’iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo’lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo’lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta’minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo’yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o’tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi. Shu vaqtdan boshlab amalda barcha kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchi firmalar ushbu qoida bilan qurollanib olishdi. Bu orqali kompyuter seriyalarining mosligini ta’minlay boshlashdi. Shundan bilinadiki, vaqt o’tishi bilan eng ilg’or arxitektura ham eskiradi va u arxitekturaga va hisoblash tizimlarni tashkil etish usullariga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi.
    Download 22.49 Kb.
    1   2




    Download 22.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik

    Download 22.49 Kb.