1. Axborot va jinoyat.
Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida.
Keyingi paytlarda axborotni himoya
qilish muammolari nafa qat
mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb
etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik
bilan kirib kelayotgani bilan bog‘liq. «Axborot» tushunchasiga yondashuv ham
tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko‘proq sotib olinadigan,
sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o‘ziga xos mahsulotni ifodalamoqda.
Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o‘zi saqlanayotgan
hisoblash texnikasidan o‘nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot
«o‘g‘rilarini» (axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo‘lgan)
yangi pog‘onaga ko‘tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta’minotga
ega bo‘lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida
joylashgan turli
davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va
hokazolarga tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o‘zlashtirib olishi
(o‘g‘irlashi), ularni g‘arazli maqsadlarda o‘zgartirishi yoki biror boshqa zarar
yetkazishi mumkin. Bu o‘zo‘zidan axborotni himoyalash extiyojini keltirib
chiqaradi.
Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqarildi.
Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning
kompyuter tizimlaridan bog‘liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot,
soliq va
bank tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari
kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter
tizimlari harbiy sohada ham
alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida kompyuterlar yakka va
uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb etdi. Ular
tomonidan yetarli texnik va
dasturiy vositalar yordamida qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash,
diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarning amalga oshirilishi mumkin bo‘lib
qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik soha mutaxassislari yangi, kutilmagan
muammoga duch keldi.
1971yilda AQSHning «NyuYork Penni Sentral Reylroud» temir yo‘l kompaniyasi
qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo‘qolganini payqab qoldi. Bu ishni
tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo‘qolgani
aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo‘qolishining sababi
kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini ko‘rsatdi. Bu rasmiy qayd
etilgan birinchi «elektron jinoyat» edi. Hozirgi kunga
kelib kompyuterlar ham, aloqa
tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, «elektron
jinoyatchilar»ga ham yangi imkoniyatlar ochib berdi.