Oʻzbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmi nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 337,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana06.01.2024
Hajmi337,5 Kb.
#131250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kiber xavfsizlik1 M I

3. Viruslar ta‟siri 
Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o‘z malakasini oshirish uchun yoki 
shunchaki «hazillashib» buzg‘unchilik qilayotgan «yosh dasturchilar» ko‘proq 
zarar yetkazadi. Chunki ular juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba’zilari 
kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.
Internet orqali yetkazilishi mumkin bo‘lgan asosiy zararlar:
• tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz «kirish» va uni 
Sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
• internetda uzatilayotgan axborotlar «yo‘lda ushlab olinib», ulardan nusxa olish 
yoki o‘zgartirish;
• turli virus (kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni o‘chirish, o‘zgartirish kabi 
ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo‘shilib olish, «yuqish» 
xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus dastur) dasturlarini websahifalarga «yashirib 
qo‘yish»;
• turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o‘g‘irlash 
va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda to‘lov talab qilish;
• jamiyat mafkurasi va ma’naviyatiga zid axborotlarni Internetda e’lon qilish. 
Ba’zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushunib olish 
mumkin. Masalan, Black Hole (Qora Tuynuk, ya’ni ekranning chap burchagidan 
qora tuynuk ochadi), Black Friday (Qora Juma, juma kunlari ishlanayotgan 
fayllarni o‘chiradi), Friday13 (13sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni 
o‘chiradi), «sekin ta’sir qiluvchi virus» (kompyuter ishini bir necha yuz marta 
sun’iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.  
Viruslar klassifikatsiyasi
Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
– fayl viruslari [COM, EXE va DLL ni zararlaydi];
– bootviruslar [disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sektorlari (yoki MBR – Master 
Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi];
– makroviruslar; 
– tarmoq viruslari.
Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko‘p tarqalgan viruslardir. Ular barcha 
viruslarning taxminan 80 % ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda 


chidamli bo‘lib, o‘z vaqtida ehtiyot chorasi ko‘rilmasa, haqiqiy epidemiyaga 
aylanadi. Masalan, RCE1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (Qora Juma).
Bootviruslar o‘zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0trakiga yozib oladi. 
Bunday viruslar foydalanuvchi hali antivirus dasturini ishga tushirmasdan avval, 
operatsion sistema yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi. Bootviruslari fayl 
viruslaridan tubdan farq qiladi. Bootviruslarining soni fayl viruslariga qaraganda 
ancha kam hamda ular sekinroq tarqaladi. Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham 
yuklash (Boot) sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Makroviruslar – ma’lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlarga (matn muharrirlari, 
elektron jadvallar) o‘rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadi. Ular, ayniqsa, 
Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan 
fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa, ularni ham 
zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kompyuterlarni, balki ushbu dasturlar o‘rnatilgan 
tarmoqdagi kompyuterlarni ham zararlantiradi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha 
yoki ba’zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o‘zini keng tarqatishi uchun 
tarmoq protokollari yoki kompyuter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan 
foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar – troyanlar va 
pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma’lumotlarni o‘g‘irlashda keng imkoniyat 
yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomli bo‘lib, u 1988yilda Internet 
tarmog‘idagi 30 000 ta kompyuterdan 6 000 tasiga zarar keltirgan.

Download 337,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 337,5 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmi nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 337,5 Kb.
Pdf ko'rish