Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va
kombinatsiyada
qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va
apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Viruslardan himoyalanish
Bunday xavflarni oldini olishning bir qancha choratadbirlari mavjud. Ularga
rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasada, sezilarli darajada kamaytiradi.
Quyida ushbu choratadbirlarning asosiylari keltirilgan:
• shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni
cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish;
• internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va
ularning asl nusxasiga
mosligini tekshirish;
• ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash)
usullaridan foydalanish;
• kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.
Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko‘rish maqsadida o‘g‘irlashga
arziydigan qimmatli axborot bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun
zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o‘chirib yuborish yoki foydalanib
bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yuborishga qodir. Kompyuter
viruslari tarixi
Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi
sohasida taniqli mutaxassis Fred Koen nomi bilan bog‘liq. Koen dasturiy
vositalardan noqonuniy nusxa ko‘chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish
olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta
tiklanish va takomillashish
hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarni o‘chirish, sistema fayllarini
«buzish» kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo‘lib, dasturiy vositalardan
noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushar edi. Axborotni o‘g‘rilardan himoya
qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga
turtki
bo‘ldi.
Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar
ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSH, Kanada, Rossiyaning bir qator
firmalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda quyidagi antivirus
dasturlari keng foydalanilmoqda:
DrWeb for
Windows
Kaspersky AntiVirus
Norton Antivirus
Aidstest
Avira Internet
McAfee
VirusScan
Avast Antivirus
NOD32