foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida
yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi,
odobaxloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar
ko‘p. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm); • chet
el yashash tarziga xos, lekin milliy mafkura va madaniyatimizga zid g‘oyalar,
qarashlar (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo); • tekshirilmagan yoki
soxta ma’lumotlar;
• axloqsiz voqealarni o‘z ichiga olgan axborot (rasm, video, hikoya)lar.
Shu sababli, Internet tarmog‘ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me’yorlarga
rioya
qilgan holda ma’lumot yuborish, olinayotgan ma’lumotlarni milliy mafkuramiz,
madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urfodatlarimizga zid, qonunlarimizga
xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo‘lish muhimdir. Bunday
savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan xavflardan ogohlantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deganlar: «…
agarda
kimdakim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzumaqsadlarimizga
erishish
yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi
qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va
ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy
tabiatimizni muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib,
o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga
urinadi