Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanayotgan dasturiy vositalar yoki
ma‟lumotlarni yo„q qilishi yoki o„chirib yuborishi mumkin. Tarqalish
jarayonida viruslar o„zini modifikatsiyalashi mumkin.
Kompyuter viruslari – bu kompyuter tizimlarida tarqalish va o‘zini o‘zi ishlab
chiqish xususiyatiga ega bo‘lgan kichik hajmdagi bajariluvchi dasturlar.
Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanayotgan dasturiy vositalar yoki
ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘chirib yuborishi mumkin. Tarqalish
jarayonida viruslar o‘zini modifikatsiyalashi mumkin.
Viruslarning ommaviy tarqalib ketishi va ularning kompyuter
tizimlari
resurslariga ta’siri oqibatlarining jiddiyligi, maxsus antivirus vositalarini va
ularni qo‘llash usullarini yaratish va foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Antivirus vositalari quyidagi masalalarni hal etish uchun qo‘llaniladi:
– kompyuter
tizimlarida viruslarni topish;
– virus – dasturlar ishini blokirovka qilish;
– viruslar ta’sirining oqibatlarini bartaraf qilish.
Viruslarni topishni, ularni joylashib olish bosqichida yoki hech bo„lmaganda
virusning buzg„unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan
maqsadga muvofiq. Shuni ta‟kidlash joizki, barcha turdagi viruslarni topishni
kafolatlovchi antivirus vositalar mavjud emas.
Viruslarni topishni, ularni joylashib olish bosqichida yoki hech bo‘lmaganda
virusning buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar
amalga oshirgan
maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash joizki, barcha
turdagi viruslarni topishni
kafolatlovchi antivirus vositalar mavjud emas.
Virus topilgan holatda, uning tizimga keltirishi mumkin bo‘lgan zararli
ta’sirini minimallashtirish maqsadida darhol virus-dasturning ishini
to‘xtatilish lozim.
Virusning ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi:
– virusni o‘chirish;
– fayllarni, xotira sohalarini tiklash.