• 11-sinf 2021-2022 o ‘quv yili 2-chorak yakuni bo ‘yicha maktabning ichki monitoring natijalari
  • Фан номи Jami o‘quvchi soni Qatnashdi
  • 5 baho olgan o‘quvchilar soni 4 baho olgan o‘quvchilar soni
  • 1. ii-chorak yakuni va iii-chorak uchun belgilangan vazifalar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o`tkazish maqsadida maktab pedagoglarini pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash to`g`risida




    Download 66.03 Kb.
    bet3/6
    Sana14.03.2024
    Hajmi66.03 Kb.
    #171542
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ped sovet yanvar
    olimpiada, Dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar, Mustaqil ish 5, Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D, ewrewrwrewr, pdf-queue, Tema, 15A,B,V-19 MT kurs loyihasi variantlar, Turdiniyozov Mirkamol, Metallarresiklingi3-bob (1), 6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash, Metallarresiklingi6-bob (3), Mavzu Induksion elektr o’lchash asboblari. Logometrlar
    Jami

    275

    184

    41

    63

    63

    12

    90,8%

    56,5%


    11-sinf 2021-2022 o‘quv yili 2-chorak yakuni boyicha maktabning ichki monitoring natijalari



    Фан номи

    Jami o‘quvchi soni

    Qatnashdi

    Шундан

    O‘zlashtirish

    Sifat samaradorlik

    5 baho olgan o‘quvchilar soni

    4 baho olgan o‘quvchilar soni

    3 baho olgan o‘quvchilar soni

    2 baho olgan o‘quvchilar soni

    1

    Ona tili (diktant)

    28

    11

    5

    2

    4


    100,0%

    63,6%

    2

    Matematika (yozma ish)

    31

    27

    2

    15

    10


    100,0%

    63,0%

    3

    Rus tili (diktant)

    27

    15

    3

    6

    6


    100,0%

    60,0%

    4

    Ingliz tili (test)

    31

    17


    8

    8

    1

    94,1%

    47,1%


    Jami

    117

    70

    10

    31

    28

    1

    98,6%

    58,6%

    2021-2022 o’quv yili II-chorak yakuni bo’yicha maktabning ichki monitoring natijasiga ko’ra sifat samaradorligi past bo’lgan sinflarni aytib o’tdi. 8-sinflar ingliz tili fanidan 55,8% 9-sinf matematika fanidan 47,4% 10-sinflar matematika fani 31,9% 11-sinflar ingliz tili fanidan 47,1%


    Sinf rahbarlar ota-onalar o‘rtasida an’anaviy shaklda ta’lim olish o‘quvchining bilim va tarbiyasi uchun muhimligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishlari, o‘quvchilarning darslarga qatnashishi (davomati)ni nazorat qilishlari, fan o‘qituvchilari darslarni sifatli olib borishlari tushuntirildi.
    So’zga chiqdi: Boshlang’ich ta’lim fan metod birlashma rahbari G.Bobojonova o so’zga chiqib boshlang`ich ta`lim yo`nalishidagi fanlarni o`qitishda qo`llanilayotgan zamonaviy metodlardan samarali foydalanilayotganligini aytib o`tdi. Boshlang`ich ta`lim fani o`qituvchisi Nazarova Nafosatning “Boshlang`ich sinf o`quvchilarida odob-ahloq tushunchalari va ma`naviyat negizini shakllantirish” mavzusidagi ish tajribasi bilan tanishtirdi va ish tajribasini maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya qildi.
    Ona tili va adabiyot fanlari metod birlashma rahbari M.Matsapayeva so`zga chiqib ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Otaboyeva Zuhraning “Fe`l so`z turkumi” mavzusidagi, musiqa fani o`qituvchisi Annapasov Qutlimurodning “Musiqaning odam hayotidagi o`rni” mavzusidagi ish tajribalari bilan tanishtirdi va ish tajribalarini maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya qildi.
    Yuqoridagilarni inobatga olib Pedagog kengash yig’ilishi
    Qaror qiladi:

    1. Maktabning O‘IBDO‘ B.Takaboyev va IFBDO’ K.Raximovlarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    2. Ichki monitoring natijalariga ko’ra aniqlangan bo’shliqlardan kelib chiqib, qo’shimcha mashg’ulotlar tashkil qilinsin.

    3. Nazorat turlarini o’tkazishda testlar bilan chegalalanib qolmasdan, ijodiy ish turlaridan kengroq foydalanilsin.

    4. O’quv yili davomida barcha fanlardan ichki nazoratni muntazam o’tkazib borish, O’IBDO’lari B.Takaboyev, K.Raximov, A.Matyaqubovalarga topshirilsin.

    5.Boshlang`ich ta`lim fani o`qituvchisi Nazarova Nafosatning “Boshlang`ich sinf o`quvchilarida odob-ahloq tushunchalari va ma`naviyat negizini shakllantirish” mavzusidagi, ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Otaboyeva Zuhraning “Fe`l so`z turkumi” mavzusidagi, musiqa fani o`qituvchisi Annapasov Qutlimurodning “Musiqaning odam hayotidagi o`rni” mavzusidagi ish tajribalari bilan tanishtirdi va ish tajribalarini maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya qilinsin.
    2021-2022-o‘quv yilining 1-yarim yilligi davomida bajarilgan ishlar yuzasidan maktabning MMIBDO’ A.Jumaniyozova hisoboti qildi.
    Maktabda jami 29 ta sinf mavjud bo‘lib, unga 29 nafar o‘qituvchi sinf rahbarlik qilmoqda. Sinf rahbarlarining yillik ish rejalari asosida fan oyliklariga, muhim sanalarga bag‘ishlab bir qancha tadbirlar o‘tkazildi.
    Mustaqillik - eng oliy ne’mat! Darhaqiqat, bugun ushbu qutlug‘ ayyom kunlarida ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar, uchrashuvlarda elimizda har bir sohada olib borilayotgan ulkan ishlar, amallar e’tirof qilinmoqda. Mustaqilligimiz qabul qilinganligining 30 yillik tantanalariga bag‘ishlab, Urganch tumanidagi 47-IDUMda 5-6-sinflarda diktantlar, 8-sinflarda bayonlar, 8-9-sinflarda she’rxonlik tanlovlari reja asosida tashkil qilindi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazishda barcha metodbirlashma a’zolari faol ishtirok qildilar. G‘olib o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
    Ayniqsa, tuman miqyosida o‘tkaziladigan turli ko‘rik-tanlovlarda o‘quvchilarimiz faol qatnashib viloyat, respublika bosqichlarida 1-, 2-o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan: O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan “O‘zbek tilim – iftixorim” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida 7-A-sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Rayhon, 8-A-sinf o‘quvchisi Hayitboyeva Charos, 9-B-sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Nafosat, 10-A-sinf o‘quvchisi Ro‘zmetova Barchinoy, 11-B-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Sohibalar tuman bosqichida 1-o‘rinni egalladilar. 9-A-sinf o‘quvchisi Iskandarova Sultonposhsha “Olima” uyushmasi bilan birgalikda o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining tuman bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallab, badiiy kitoblar sovg‘asi in’om etildi. 10-A-sinf o‘quvchisi Xudoyberganova Hojarjon “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” insholar tanlovining tuman bosqichida 2-o‘rinni egalladi.
    8-D-sinf o‘quvchisi Polvonov Shahriyor “Jaholatga qarshi ma’rifat” rasmlar tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga ijodiy ishlari taqdim qilindi va respublika bosqicida faxrli 3-o‘rinni egallab qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
    10-A-sinf o‘quvchisi Ro‘zmetova Barchinoy “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni” yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovining respublika miqyosida g‘olib bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. “5 tashabbus – uyga vazifa” tanlovining Kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi. 5-B-sinf o‘quvchisi Otaxonova Shahzoda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Davlat bayrog‘i – mening bayrog‘im” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. 2021-yil 16-sentabrda “Tafakkur sinovlari” “Hokimlik kubogi” uchun o‘tkazilgan turnirda 6 nafardan tashkil topgan maktab jamoasi tuman bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladilar.
    O‘quvchilarimiz ko‘rik-tanlovlarda qatnashishlari bilan bir qatorda o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz televideniya va matbuotda chiqishlar qilib bormoqda. Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yaxshimurodova Feruza O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan “Tilimizni o‘rganamiz” mavzusida 2021-yilning 27-oktabrida Xorazm teleradiokanali orqali, 2021-yil 3-noyabr kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan “Tilimizni o‘rganamiz” mavzusidagi ko‘rsatuv, 2021-yil 1-oktabr kuni “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvida Yaxshimurodova Feruza 10-A-sinf o‘quvchisi Ro‘zmetova Barchinoy bilan birgalikda jonli efirda, 2021-yil 21-oktabr kuni “Yaxshi kayfiyat” ko‘rsatuvida Yaxshimurodova Feruza 9-B-sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Nafosat bilan birgalikda jonli efirda chiqish qildilar.
    1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuniga baishlab “Ustoz otangdan ulug‘” mavzusida 7-sinflar o‘rtasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar she’r va hikoyatlardan namunalar keltirdilar. Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi. 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan “O‘zbek tilim – jonu dilim” mavzusida 5-sinflar o‘rtasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarimiz o‘zlarining chiqishlari bilan barchada yaxshi taassurot qoldirdilar.
    2021-yil sentabr oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yuqori sinf o‘quvchilari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.
    2021-yil sentabr, oktabr oylarida fan oyliklariga bag‘ishlab fan o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar va tadbirlar uyushtirildi.
    2021-yil oktabr Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar bayramga bag‘ishlab she’r va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish qildilar.
    2021 yil 18-noyabr kuni tarix fani o‘qituvchisi Bekchanova Nazokat rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligini nishonlash maqsadida “Bayrog‘imiz – faxrimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
    Tadbir o‘tkaziladigan sahna bayramona bezatildi. Karantin qoidalariga rioya qilgan holda bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qachon qabul qilinganligi, uning ranglari, undagi oy va yulduzlar haqida ma’lumotga ega ekanliklarini ko‘rsatdilar. O‘quvchilar tomonidan bayroq tasvirlanib, unga tahrif berildi. Bayroq to‘rtta rangdan iborat ekanligi, ranglar esa musaffo osmon, tabiat, oq rang, qizil ranglar, oy va yulduzlar nimalarni anglatishi haqida gapirib berdilar. Bayroq to‘g‘risida she’rlar aytdilar.
    2021 yil 6-dekabr kuni 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbir o‘tkazildi.
    Tadbirni Tarbiya fani o‘qituvchisi Matchanov Maqsud va tarix fani o‘qituvchisi Allanazarova Oygul, Bekchanova Nazokatlar birgalikda tashkil qildilar. Ushbu sanaga bag‘ishlab o‘quvchilar o‘rtasida insholar, rasmlar, videoroliklar tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilinib, tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlanib rag‘batlantirildi. Ushbu tadbirda rasm fani o‘qituvchisi Jumaniyozova Umida, yoshlar yetakchisi Allaberganova Feruza, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yaxshimurodova Feruza, Eshchanova Nazokatlar o‘quvchilarning ijodiy ishlarini baholadilar.
    Bu esa o‘quvchilarimizni kelgusida mustaqil hayotga qadam qo‘yishlarida, kelajakda biror bir kasbning mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida zamin bo‘ladi.
    Urganch tumanidagi 47-sonli IDUMda atoqli eldoshimiz Ogahiy tavalludiga bag‘ishlab “Ogahiy - atoqli davlat arbobi va mahoratli ijodkor” mavzusida ilmiy-adabiy kecha tashkil qilindi. Ushbu kechada ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yaxshimuratova Feruza “Ogahiy - atoqli davlat arbobi”, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Matsapayeva Muqaddas “Ogahiy-mahoratli shoir” mavzularida o‘quvchilarga ilmiy, adabiy ma’lumotlarni berib o‘tdilar. 9-A-sinf o‘quvchilari Ogahiyning ijodiy merosidan namunalarni ifodali yod olgan bo‘lsalar, 7-A-sinf o‘quvchilari ulug‘ shoirga bag‘ishlab yozilgan ijodiy namunaldan ifodali yod o‘qidilar. “Yosh musavvirlar” to‘garagi a’zolari esa, shoir hayoti va ijodi asosida rasmlar chizib, tengdoshlariga taqdim qildilar. Musiqa to‘garagi a’zolari: Iskandarov Sirojbek va O‘rinov Yo‘ldoshboylar Ogahiy g‘azallari asosidagi o‘lmas taronalardan ijro qildilar. Kecha yakunida ijodkor o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.
    Yuqoridagilarni inobatga olib Pedagog kengash yig’ilishi
    Qaror qiladi:
    1.2021-2022 o`quv yilining I-yarim yilligi davomida bajarilgan ishlar yuzasidan maktabning MMIBDO` A.Jumaniyozovaning axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
    2.I-yarim yillik yakuni bo`yicha qilingan ishlar qoniqarli deb topilsin.
    3.Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun sinf soatlari sifatli o`tilsin.O`tkazilayotgan tadbirlar mazmunli,puxta tayyorgarlik ko`rgan holda o`tkazilishini nazorat qilish MMIBDO` A.Jumaniyozova zimmasiga yuklatilsin.
    Eshitildi:
    Kun tartibidagi navbatdagi masal yuzasidan IFBDO` K.Raximovning axboroti tinglandi.
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora –tadbirlari to`g`risida”2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta`limi vazirligining Xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rishga yo`naltirilgan tayanch maktablar faoliyatini tashkil etish haqida 2020-yil 8-maydagi 17/23-sonli qarorlariga mivofiq O`zbekiston Respublikasi umumta`lim tashkilotlarining PIRLS,TIMSS,PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko`rish va ularda ishtirokini ta`minlash vazifalari belgilangan.
    Shuningdek,Xalq ta`limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko`ra,o`quvchilarda malaka va kompitensiyalarni,shuningdek,o`quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli fan yo`nalishlaribo`yicha savodxonligini baholash va rivojlantirish,o`qituvchilarga amaliy va uslubiy tavsiyalar berish maqsadlari ilgari surilgan.Ushbu maqsadlarga erishish uchun Tayanch maktablar faoliyatini samarali tashkil etish o`tkaziladigan semenar-trening,o`quv mashg`ulotlari va davra suhbatlarining tizimli va mazmunli bo`lishi dolzarb ahamiyatga ega.
    Bizning maktabimiz ham tayanch maktab bo`lib 23-sonli maktabdan 50-sonli maktabgacha berkitilgan.Hafta kunlari fanlar bo`yicha semenar kunlari belgilanib,trener o`qituvchilar,o`quv mashg`ulotlar,semenar treninglar,davra suhbatlarini tashkil qilib,xalqaro baholash dasturlariga oid ilg`or xorijiy tajribalarni ommalashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.
    Tabiiy fanlar bo`yicha metodbirlashma rahbari,trener o`qituvchi U.Madraximov quyidagilarga to`xtalib o`tdi.

    Download 66.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 66.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. ii-chorak yakuni va iii-chorak uchun belgilangan vazifalar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o`tkazish maqsadida maktab pedagoglarini pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash to`g`risida

    Download 66.03 Kb.