• Nogironligi bo‘lgan yoshlarga
  • 1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari]




    Download 89,7 Kb.
    bet3/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi89,7 Kb.
    #257747
    1   2   3
    Bog'liq
    PQ-92 19.01.2022

    Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

    Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

    Yoshlar ishlari agentligiga

    13.

    Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

    Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

    Yoshlar ishlari agentligiga

    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga
    2-ILOVA
    Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi
    TARKIBI

    1.

    K.K. Kuranbayev



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya raisi

    2.

    J.T. Jo‘rayev



    Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

    3.

    A.I. Ikramov



    yoshlar siyosati va sport vaziri, Komissiya raisi o‘rinbosari

    4.

    O.F. Tojiyev



    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari

    5.

    Lavozimiga ko‘ra



    Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi

    6.

    Lavozimi bo‘yicha



    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

    7.

    X.U. Umarova



    maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

    8.

    I.Y. Abduraxmonov



    oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

    9.

    O.A. Nazarbekov



    madaniyat va turizm vaziri

    10.

    S.B. Artikova



    Bosh prokuror o‘rinbosari

    11.

    S.D. Mamayusupov



    Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari

    12.

    H.A. Qarshiyev



    mudofaa vaziri o‘rinbosari

    13.

    A.I. Ikramov



    ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

    14.

    R.O. Karimjonov



    raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari

    15.

    A.Sh. Bekmurodov



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akade�iyasi rektori

    16.

    O.A. Xasanov



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

    17.

    A.J. Xadjayev



    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

    18.

    S.S. Sayidov



    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

    19.

    M.M. Xojimatov



    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

    20.

    S. Turdiyev



    O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi

    21.

    A.A. Xaitov



    O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

    22.

    A.Z. Sa’dullayev



    Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya mas’ul kotibi

    Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
    (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga
    3-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 7-bandida:
    “Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “pervichnimi organizatsiyami Soyuza molodeji Uzbekistana” so‘zlari “territorialnimi podrazdeleniyami Agentstva po delam molodeji” so‘zlari bilan almashtirilsin;
    “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Soyuz molodeji Uzbekistana (K. Kuranbayev)” so‘zlari “Agentstvo po delam molodeji (A. Sa’dullayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3402-son qarorida:
    5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
    1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari” so‘zlari “Farmoni” so‘zi bilan almashtirilsin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 7-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;”.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
    7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-son qarorida:
    Oldingi tahrirga qarang.
    (8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
    b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)


    (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)

    Download 89,7 Kb.
    1   2   3




    Download 89,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari]

    Download 89,7 Kb.