2
Umarova R. Sotsiologiya. O‗quv qo‗llanma. –T.:
«IQTISOD
-MOLIYA»
,
2010. -108 bet.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‗qitishning
Davlat dasturi va zamonaviy talablariga muvofiq «Sotsiologiya» fanining
predmeti, obyekti, strukturasi, fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanish
bosqichlari o‗z aksini topgan; jamiyat butun
bir dinamik tizim sifatida
hamda jamiyat va shaxsning o‗zaro munosabat va aloqalari tahlil qilingan,
siyosiy va iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi, ta‘lim-tarbiya hamda oila sotsi-
ologiyasi, jamoatchilik fikri sotsiologiyasi, deviant va delinkvent xulq-
atvor, ijtimoiy texnologiyalar,
shuningdek, empirik sotsiologik tadqiqot
olib borish ko‗nikmalari yoritilgan.
O‗quv qo‗llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Ilmiy-usulbiy
Kengash yig‗ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
(2010- yil 10-iyun, 11-sonli majlis bayonnomasi).
Taqrizchilar: – prof. Z.Davroniv;
– dots. M.Qahhorova.
ISBN 978-9943-13-168-2
©
«IQTISOD-MOLIYA»
, 2010
3
KIRISH
O‗zbekistonning mustaqillikni qo‗lga kiritishi,
jamiyatning iqtisodiy,
siyosiy va ma‘naviy sohalarini tubdan isloh qilish respublikamiz oliy
o‗quv yurtlarida «Sotsiologiya» fanini o‗rganishni taqozo etadi.
Sotsiologaya boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o‗ziga xos
o‗ringa ega bo‗lib, jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda ijtimoiy mu-
nosabatlarni va shaxs xulq-atvorini aniq shart-sharoit bilan bog‗liqlikda
o‗rganuvchi yagona fandir. Sotsiologiya insonni ijtimoiy guruh vakili sifa-
tida, ijtimoiy maqom va muayyan ijtimoiy rolni ifodalovchi sifatida o‗rga-
nadi.
Shaxs yoki guruh oldida turgan muammolar u yoki bu darajada insoniy
munosabatlar xarakteri, atrofdagilar
bilan hamkorlikda yashay olish, qad-
riyatlarga va axloqiy me‘yorlarga tayanish, ularni saqlab qolish, murosaga
kirishish yoki murakkab nizoli vaziyatlarni hal qilish bilan uzviy bog‗liq
bo‗ladi. Inson oldida turgan muammolar qanchalik murakkab bo‗lsa, ularni
hal qilishda shaxsning o‗zini anglab yetishi, o‗zi yashayotgan jamiyatni
chuqur va atroflicha bilishi shunchalik katta ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar o‗z sohalarini bilishlari bilan bir qatorda odamlarning qi-
ziqishlari, manfaat va intilishlarini, ijtimoiy
munosabatlar bilan yaqindan
tanish bo‗lishi kerak. Chunki ular asosida ijtimoiy guruhlar, jamiyat va
umuman, butun dunyo hamjamiyati shakllanadi. Sotsiologiyani bilish mu-
rakkab ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy institutlarni
tahlil qilishga tajriba va
bilim bilan qurollanib, hayotni o‗rganishga yordam beradi. Sotsiologik ta-
fakkur orqali esa ijtimoiy hayotni ilmiy baholash va obyektiv axborot olish
mumkin.
Sotsiologiya bizda fan sifatida, asosan, oxirgi 20-25 yillar ichida shakl-
landi, chunki uzoq vaqt davomida ijtimoiy bilim faqat siyosatchilar, mada-
niyat xodimlari, ta‘lim-tarbiya sohasi xizmatchilariga kerak, boshqa soha
xodimlariga sotsial bilim shart emas, deb hisoblangan. Bu esa shaxs rivoj-
lanishi va butun jamiyat madaniyati taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatgan
edi. Mutaxassislar
qay bir sohada ishlamasinlar, o‗z faoliyatlarining ijti-
moiy oqibatlarini e‘tiborga olishlari kerak, bu esa sotsiologik tafakkurni ta-
lab qiladi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina sotsiologiya
faniga obyektiv munosabat vujudga keldi. Ijtimoiy hayotning barcha soha-
larini o‗rganish, ijtimoiy munosabatlarni, jamiyat
taraqqiyotini va unda
shaxslar, ijtimoiy guruhlar hamda tashkilotlarning‗ xulq-atvorini tadqiq qi-
lishga barcha sharoit yaratildi.