• Qiyosiy usul
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet4/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Nazariy darajada sotsiologlar sotsial reallikni bir butunlik – yo jami-
    yatni tizim sifatida, yoki insonni ijtimoiy xatti-harakat subyekti sifatida
    tushunadilar.
    Nazariy usullar. Sotsiologiyada struktur-funksional usul katta ahami-
    yat kasb etadi. Ushbu usul nuqtayi nazaridan jamiyatga barqarorlikka ega
    bo‗lgan funksional tizim sifatida qaraladi. Bu barqarorlik qayta ishlab chi-
    qarishni qo‗llab-quvvatlash hisobiga ta‘minlanadi. Struktur funksional
    munosabat sotsial tizimlar-funksional faoliyatning umumiy, universal qo-
    nuniyatlarini o‗rnatishga imkon beradi. Har qanday ijtimoiy institut yoki
    tashkilot – davlat, partiya, kasaba uyushmasi kabilar tizim sifatida qaralishi
    mumkin.
    Struktur funksional munosabat quyidagi xususiyatlarga ega:
    – ijtimoiy strukturaning faoliyat ko‗rsatishi va qayta ishlab chiqarish
    bilan bog‗liq muammolar kishining diqqat markazida bo‗ladi;
    – struktura har tomonlama integratsiyalashgan va uyg‗unlashgan tizim
    sifatida tushuniladi;
    – ijtimoiy institutlar funksiyasi integratsiyaga munosabat yoki ijti-
    moiy strukturaning muvozanatiga ko‗ra belgilanadi;
    – sotsial struktura dinamikasi «konsensus prinsipi» ijtimoiy muvoza-
    natining saqlanishi prinsipidan kelib chiqib izohlanadi.
    Qiyosiy usul ijtimoiy xulq-atvor namoyon bo‗lishining umumiy qonu-
    niyatlariga tayanadi, chunki turli xalqlarning ijtimoiy hayot, madaniyat, si-
    yosiy tizimida umumiy tomonlar ko‗p. Qiyosiy usul bir turdagi ijtimoiy
    voqelik, ya‘ni ijtimoiy struktura, davlat tuzilishi, oila shakli, hokimiyat,
    an‘analar va boshqalarni solishtirib, taqqoslab ko‗radi. Qiyosiy usulni qo‗l-



    9
    lash tadqiqot doirasini kengaytiradi, boshqa mamlakat va xalqlar tajri-


    basidan foydalanishga imkon beradi.
    Sotsiologik tadqiqot usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
    1) gipotezani ilgari surish va tekshirish;
    2) axborotni tahlil qilish;
    3) sotsiologik so‗rov;
    4) sotsiologik kuzatish va eksperiment.

    Download 312,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.