8
dunyoqarashi, fikri, baholari «yoshi», «daromadi», «oilaviy sharoiti», «kas-
bi» bilan bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun ham, sotsiologik bilish tadqiqot
«obyekti»ning subyektivligini, tadqiqotchining obyektni tahlil qilishdagi
obyektivligini ham e‘tiborga oladi. Sotsiologiyada obyektivlik va subyek-
tivlikning o‗zaro bog‗liqligi o‗ziga xos xarakterga ega, ya‘ni, bilish ja-
miyatni tahlil qilish darajasiga, turli soha xususiyatlariga, ichki va tashqi vo-
qealar, kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan jarayonlarga bog‗liq.
Uslubiyat muayyan fanda tadqiq, etiladigan tadqiqot usullarining maj-
muyidir. Sotsiologik bilishning har qanday darajasida tadqiqotning o‗z
uslubiyati mavjud.
Empirik darajada tadqiq etilayotgan sotsial voqelik
to‗g‗risida aniq haqqoniy ma‘lumot olish maqsadida mantiqan izchil
bo‗lgan usullarni, uslubiy va tashkiliy-texnik ishlarni o‗zida ifoda etgan
sotsiologik tadqiqotlar o‗tkaziladi.