• Ijtimoiy guruh
  • Sotsiologik usul
  • 2-bob. SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI VA
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet8/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Tayanch so„z va iboralar 
    Sotsiologiya – yaxlit tizim sifatidagi jamiyat, ijtimoiy institutlar, ijti-
    moiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari hamda ijtimoiy munosabatlarni o‗r-
    ganuvchi fan;
    Jamiyat – insonlarning o‗zaro harakati uslubi va bir-biriga har tomon-
    lama bog‗liqligini ifodalovchi birlashmalar yig‗indisi;



    13
    Ijtimoiy guruh – individlar majmuyi;


    Ijtimoiy jarayon – ijtimoiy o‗zgarishlar, inson xatti-harakati holati-
    ning majmuyi;
    Ijtimoiy munosabatlar – individlar, ijtimoiy guruhlararo vujudga ke-
    ladigan munosabatlar;
    Sotsiologik usul – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni o‗rganish vo-
    sitasi

    Savollar va topshiriqlar 
    1. Sotsiologiya atamasining ta‘rifi, obyekti va predmetini bilasizmi?
    2. Sotsiologiya fanining asosiy yo‗nalishlarini aytib bering.
    3. Sotsiologiya fanining tadqiqot usullari va uslubi nima?
    4. Sotsiologiya fanining umumiy tasnifi qanday?
    5. Sotsiologiya fanining tarkibi nimadan iborat?
    6. Sotsiologiyaning ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibidagi o‗rni haqida
    gapirib bering.



    14
    2-bob. SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI VA 


    TARAQQIYOT BOSQICHLARI 

    2.1. Sotsiologiya fanining vujudga kelishi va uning nazariy-amaliy 
    manbalari 

    Sotsiologiya mustaqil fan sifatida XVIII asrdagina G‗arbiy Yevropada


    paydo bo‗lgan bo‗lsa ham uning ildizlari uzoq o‗tmishga borib taqaladi.
    Odamzod har doim o‗z xatti-harakatining sabablari bilan qiziqqan, ularni
    yuzaga chiqaruvchi omillarni o‗rgangan. Shuning uchun ham, eng qadimgi
    falsafiy tizimlar ijtimoiy hayotni va tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini o‗zi-
    ga xos holda tushuntiradigan biron-bir ijtimoiy falsafani o‗z ichiga oladi.
    Lekin, ming yillar davomida bu urinishlar tafakkurning avloddan av-
    lodga o‗tib kelayotgan va diniy tushunchalarga tayangan an‘anaviy usul-
    lariga asoslanadi. Inson xatti-harakati hamda kishilik jamiyatini muttasil
    ravishda bir tizimga solib o‗rganish asosan keyingi 200-300 yillar ichidagi
    yutuqlardan biridir.
    «Sotsiologiya» atamasini fanda birinchi bo‗lib fransuz faylasufi
    Ogyust Kont 1839-yilda qo‗lladi. Uning fikricha, sotsiologiya bir butun
    organizm deb hisoblangan jamiyat haqidagi bilimlarni birlashtirishi va
    ularni dalillarni o‗rganish orqali ilmiy asoslashi lozim. Sotsiologiyaning
    fan sifatida rivojlanishini, albatta, sotsiologiya so‗zining kashf etilishi bilan
    bog‗lash to‗g‗ri emas. Aniqrog‗i, sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida vu-
    judga kelishi Yevropada «jamiyat» so‗zining keng miqyosda qo‗llanilishi,
    uning nazariy asoslarining ishlab chiqilishi bilan bog‗liq. XVIII asrda
    avtonom fan sifatida tarix falsafasi, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini va
    xarakterlanuvchi kuchlarini o‗rganishga bag‗ishlangan edi.
    Sotsiologiya o‗z oldiga ikki asosiy vazifani qo‗yadi:
    • jamiyatni bir butun tizim sifatida o‗rganish;
    • jamiyatni pozitiv (ilmiy-vositaviy) usullar yordamida o‗rganish.
    Sotsiologiya fani jamiyatni dalillar tahlili va ilmiy umumlashmalar
    orqali emas, balki mavhum muhokama qiluvchi falsafadan farq qiladi.
    Shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor va o‗zaro munosabatlarning tipik gu-
    ruhiy namoyon bo‗lishi bilan emas, individlar xulq-atvorini o‗rganuvchi
    psixologiyadan ham farqlanadi.
    Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimning tabaqalanishi
    sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar
    qilib qo‗yadi. Sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy tahlil qilishni
    ijtimoiy (sotsial) dalillarni empirik tadqiq qilish bilan qo‗shib olib boruvchi



    15
    mustaqil fanga aylandi. XVIII asrda vujudga kelgan turli ijtimoiy qarashlar


    ijtimoiy hayot tarkibini, shu bilan ijtimoiy hodisalarning, guruh va indi-
    vidning o‗zaro aloqadorligini nazariy tahlil qilishni o‗z ichiga oladi.
    Sotsiologiya XVIII asrda ma‘rifatparvarlik g‗oyalari asosida, shu bilan
    birga fransuz revolutsiyasiga javob tariqasida vujudga keldi. U muayyan
    vaqt va jamiyatning mahsuli bo‗lib, keyinchalik ijtimoiy voqelikka o‗zi
    ham ta‘sir ko‗rsata boshladi. Sotsiologiya o‗z davridagi ma‘naviy va
    siyosiy oqimlar bilan bog‗liq bo‗lsa ham, ijtimoiy fikr faqatgina sotsio-
    logiyada ifodalanib qolmagan. Ko‗plab mutafakkirlarning o‗zlarini so-
    tsiolog deb hisoblamaganliklari bundan dalolat beradi.
    XIX asrga kelib, sotsiologiya so‗zini ijtimoiy tartib haqidagi ma-
    salani intellektual asoslash muammosi bilan boglaganlar. Sotsiologiya
    fani ijtimoiy tartib haqidagi savolga javob tariqasida vujudga keldi
    Ijtimoiy hayot haqida yangi maxsus fan paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗zini
    «sotsiologiya» deb hisoblagan, ayni paytda, ijtimoiy muammolarni
    turli tomondan o‗rganayotgan qator sohalar mavjud edi. Hozirgi
    paytda sotsiologiya muammolari doirasi kengaydi, yo‗nalish yoki pa-
    radigma deb nom olgan ko‗plab muqobil munosabatlar vujudga keldi.
    XXasrning 20-yillaridan jahon sotsiologiyasining markazi G‗arbiy
    Yevropadan AQShga ko‗chdi va faoliyati rasmiy tus oldi. AQShda
    sotsiologiya fani oliy o‗quv yurtlarida o‗rganila boshlandi. 1892-yilda
    Chikago universitetida jahonda birinchi Sotsiologiya kafedrasi va fa-
    kulteti ish boshladi. 1901-yildan boshlab oliy o‗quv yurtlarida sotsi-
    ologiya fan sifatida o‗qitildi. AQShdagi sotsiologiyaning taraqqiyoti
    yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‗tish jarayonini tezlashtirdi.
    Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishini quyidagi
    shart-sharoitlar bilan bog‗lash mumkin:
    1) o‗z ratsionalligiga ega bo‗lgan, Shuning uchun ham, siyosiy-
    institutsional tartibi mavjud bo‗lgan davlatga bo‗ysunavermaydigan,
    ko‗pincha unga qarama-qarshi turuvchi va mustaqil hisoblangan ta-
    biiy-ijtimoiy tartib g‗oyasi bilan;
    2) bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan;
    3) narsalar va hodisalarni ular rivojlanishida, ularni belgilovchi
    aniq tarixiy shart-sharoit bilan aloqadorligida bilish g‗oyasi bilan;
    4) fan va ilmiy progress zamonaviy konsepsiyasining ishlab
    chiqilishi bilan.
    Shunday qilib, sotsiologiya fani atigi bir asr muqaddam falsafadan
    ajralib, mustaqil fan sifatida taraqqiy etgan bo‗lsa-da, ularning aloqasi
    uzviydir. Falsafa sotsiologiyaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.



    16


    Download 312,51 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.