24
uchun xos bo‗lgan mikro va makroistiqbolning birlashuvi imkoni yotadi.
Chunki «Men»ning ijtimoiy genezisi individuallik
bilan bir qatorda indi-
vidning faolligini taqozo qiladi, guruhning maqsad va manfaatlarini ilgari
suradi.
Kuli «Birlamchi guruhlar» nazariyasini ishlab chiqdi,
uning ijtimoiy-
lashuvi, jamiyat evolutsiyasi va interaksiyaning ramziy xususiyatlarini
aniqladi.
«Birlamchi guruhlar» – ixtisoslashuvsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri
munosabat-
lar asosida vujudga keladigan kichik guruhlar bo‗lib, ular – oila, bir o‗yin-
dagi bolalar guruhi, qo‗shnilar. «Birlamchi guruhlar»
ijtimoiy genezis
jarayonida asosiy rol o‗ynaydi. Hozirgi paytda «Ikkilamchi guruhlar» bir-
lamchi guruhning ahamiyatini kamaytirmoqda.