26
g‗oyaviy omillar (avvalo, ijtimoiy ongning me‘yoriy-qimmatli strukturasi)
kishilarning xatti-harakatini ham belgilovchi omil bo‗lib yuzaga chiqadi.
Parsons muvozanatga ijtimoiy tizim normal holatining eng muhim belgisi,
deb qarab, jamiyatni janjallar va keskin o‗zgarishlardan saqlashi lozim
bo‗lgan bu holatni tartibga solish jarayonlariga, ularni ijtimoiy nazorat qi-
lib turish vositalariga (siyosiy va
huquqiy organlarning faoliyati, kishi-
larning yurish-turishiga tevarak-atrofdagilarning munosabati) katta e‘tibor
beradi. U evolutsionizm g‗oyalaridan foydalanib, ijtimoiy tizimlar tasviriga
ularning o‗zgarishlari tahlilini kiritishga urindi. Jamiyatda sodir bo‗layot-
gan jarayonlarga konservativ munosabatda bo‗ldi. O‗zgarishlar deganda u
bir tizimning boshqa tizim shakliga kirishini emas, balki tizimning
moslashuvchanligini kuchaytiruvchi ichki tabaqalanishni tushundi.
Strukturaviy funksional tahlil – tizimli obyektlarni, avvalo, ijtimoiy ti-
zimlarni tadqiq qilish usuli Ijtimoiy hayot turli shakllarining strukturaviy
funksional tahlili ijtimoiy tizimlarda strukturalarni
tashkil etuvchi tizim-
larni va ularning bir-biriga nisbatan rolini ajratib ko‗rsatish asosida qu-
riladi. Parsons va Merton o‗z asarlarida umumiy antropologiya doirasida
alohida uslubiy yo‗nalish sifatida shakllangan ilk funksionalizm g‗oya-
larini rivojlantirdi. Parsons struktur kategoriyalar (qimmatlar tizimi, ijti-
moiy me‘yorlar, umumiyatlarning turlari va ularda qatnashuvchilarning
roli) bilan funksional kategoriyalar (o‗z-o‗zini saqlash,
integratsiya, maq-
sadga erishish va adaptatsiya) o‗rtasidagi tafovutni tahlilga asos qilib qo‗-
yadi U jamiyatga idealistik munosabatda bo‗lib, ijtimoiy strukturani mus-
tahkamlaydigan qimmatlar va me‘yorlar tizimini ijtimoiy munosabatlar-
ning asosiy-tartibga soluvchi omili deb qaraydi.
Strukturaviy funksionalizm ijtimoiy tengsizlikni asoslash uchun o‗ziga
xos konsepsiyani ilgari suradi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy tuzumning evo-
lutsion rivojlanishidagi gorizontal va vertikal differensiatsiya jarayonining
natijasidir.
XX asrning 40-yillaridan boshlab «fanda sistemali harakat» boshlandi
va u sistemaning umumiy nazariyasini yaratish uchun turli fan vakillarini
o‗zaro birlashtirdi. Bu harakat sotsiologiyani ham chetlab o‗tmadi va unda
sistemali prinsip ishlab chiqila boshlandi. Lekin sistemali yo‗nalish g‗o-
yasi jamiyatni sistemali asosda tadqiq qilish ilgariroq amalga oshirilgan
edi.
Sistemali va funksional yondashishlar g‗oyasini amerikalik olim Par-
sons o‗zining sotsial-harakat nazariyasida ishlab chiqdi. U sistema tushun-
chasiga ijtimoiy yaxlitlikning turli darajasidagi harakatning natijasi sifatida
qaradi. U qanday qilib yakka harakatlar bir-birlari bilan bog‗langan va bu
aloqalarni qanday konseptual shaklda namoyon qilish mumkin, degan sa-
27
volga shunday javob beradi: «Shaxs, madaniyat va jamiyatning sistemali
sifatlari institutsionallash jarayonida namoyon bo‗ladi.
Ana shu institut-
sionalizatsiya o‗zaro harakatning uyushgan modelining ko‗rinishi bo‗lib, u
sotsial strukturani tashkil etadi. Tizim sotsial harakatning integratsiya me-
xanizmlari faoliyat ko‗rsatishi tufayli mavjud bo‗ladi».
1
Funksional usulni takomillashtirgan olim Robert Mertondir (1910). U
«Sotsial nazariya va sotsial struktura» (1949) asarida funksionalizmning
(struktur-funksional analiz) asosiy qoidalarini bir tizimga solishga urindi.
Merton funksiyalar (kishilarning xatti-harakati, uning ijtimoiy yaxlitlik
uchun qulay bo‗lgan obyektiv oqibatlari) bilan disfunksiyalar (xatti-hara-
katning umumqabul qilgan qoidalari, standartlaridan har xil yo‗l
bilan
chetga chiqish, tizimning birligi va yaxlitligini buzadigan nizolar va sh.k.)
o‗rtasida tafovut joriy qiladi. Merton kishilar faoliyatining beg‗araz oqibat-
larini (pinxon funksiyalar) aniqlashni sotsiologik analizning muhim vazi-
fasi deb hisoblaydi.
«Chetga chiquvchi xatti-harakatni mensimaslik yoki unga faqat «no-
matlub» narsa deb baho berish, Mertonning fikricha, shunga olib keladiki,
ijtimoiy hayotning o‗zgarishlari, dinamikasi sotsiologning nazaridan tushib
qoladi. Merton ham «chetga chiqishlar»ni ko‗pincha axloqiy psixologik,
ruhiy-qadriyat yo‗sinidagi hodisalar jumlasiga kiritadi, ularni ijtimoiy-iqti-
sodiy munosabatlardan ajratib qo‗yadi. Merton funksionalizmga uslubiy
tomoniga katta e‘tibor berib, sosiologiyadagi siyqa empirizmni tanqid
qiladi va empirik tadqiqotlarni nazariya bilan qo‗shish
tarafdori sifatida
maydonga chiqadi. Biroq nazariya deganda u, asosan «o‗rta daraja» naza-
riyalarni ko‗zda tutadi. «O‗rta daraja» nazariyalar empirik ishchi gipote-
zalari bilan umumiy qamrab oluvchi nazariyalar orasidan o‗rin olgan.
«O‗rta daraja» nazariyalarining asosiy tushunchalari-oxirgi guruhlar, ano-
miya va byurokratiyadir.