• Sotsiologiya
  • -bob. SOTSIOLOGIYA FANINING PREDMETI, OBYEKTI




    Download 312,51 Kb.
    bet2/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    1-bob. SOTSIOLOGIYA FANINING PREDMETI, OBYEKTI, 
    TARKIBI, TADQIQOT USULLARI VA USLUBIYATI. 
    SOTSIOLOGIYA VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR

    1.1. Sotsiologiya fanining predmeti, obyekti, tarkibi, tuzilishi 

    Sotsiologiya – lotincha «sotsiatos» – jamiyat va yunoncha «logos» –
    ta‘limot, tushunchalarining birligidan tashkil topgan bo‗lib, jamiyatning di-
    namik rivojlanishi haqidagi, jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida institutlar,
    tizimlar, guruhlar va ular orasidagi ijtimoiy munosabatlar to‗g‗risidagi
    fandir.
    Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyoti davo-
    mida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
    XVIII asrda kishilik jamiyati, uning qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan
    sifatida tarix falsafasi shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va
    ilmiy bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mus-
    taqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo‗ydi. XIX asrgacha sotsiologiya
    falsafaning tarkibiy qismi bo‗lib keldi. XVIII-XIX asr klassik falsafasi va
    adabiyotining ijtimoiy voqelikka noilmiy munosabati sotsiologiyaning fan
    sifatida shakllanishini taqozo etdi. XIX asr boshlaridan u falsafadan ajralib
    chiqish imkoniga ega bo‗ldi. Ushbu asrning 30-yillarida fransuz faylasufi
    Ogyust Kont «sotsiologiya» atamasini fanga kiritdi. U «Sotsiologiya» fa-
    nining asoschisi hisoblanadi. O.Kontning fikricha, sotsiologiya bir butun
    organizm hisoblangan jamiyat haqidagi barcha bilimlarni birlashtirish va
    dalillarni izchil o‗rganish orqali unga ilmiy asos berishi kerak.
    Shuning uchun ham, sotsiologiya o‗z oldiga quyidagi vazifalarni
    qo‗yadi:
    – jamiyatni bir butun tizim sifatida o‗rganish;
    – jamiyatni ilmiy vositalar yordamida o‗rganish;
    – ijtimoiy munosabatlarni o‗rganish.
    Demak, sotsiologiya jamiyat to‗g‗risidagi fan bo‗lib, ijtimoiy muno-
    sabatlar, ularning amal etish qonuniyatlari, hamda istiqbollarini o‗rganadi.
    Ayni paytda, sotsiologiya jamiyatdagi me‘yoriy va patologik holatlarni
    aniqlaydi, natijada insoniyatni noxush holatlar, qiyinchiliklardan qutulish
    yo‗llarini ko‗rsatadi. XIX asrda sotsiologiya sotsial gigiyena deb ham
    tushunilgan.
    Respublikamizning mustaqillikka erishuvi, milliy istiqlol yo‗lidan izchil
    borayotganligimiz, rivojlanish tendensiyasida O‗zbekistonning o‗ziga xos va
    mos besh ustuvor tamoyilga asoslanib, harakat qilayotganligi, xususan:


    5
    – iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va bunda iqtisodiyotning mafku-


    radan holi bo‗lishi;
    – hozirgi vaziyatda davlat jamiyatning bosh islohotchisi rolini o‗ynashi;
    – qonun hamma joyda hamma narsadan ustun turishi;
    – mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millatlar va ijtimoiy guruhlar
    manfaatlarini hisobga olib, insonparvarlik bilan yo‗g‗rilgan kuchli ijti-
    moiy siyosat o‗tkazish lozimligi;
    – bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich, tadri-
    jiy rivojlanish tamoyiliga izchil rioya etish orqali o‗ta borish, bugungi kun-
    da jamiyatimiz turli jabhalarini atroflicha o‗rganib borish ijtimoiy voqe-
    likdagi fikr rivoji va uni maqsadli boshqarish masalalarini kun tartibiga
    qo‗yadi.
    Sotsiologiya fani jamiyatda quyidagi o‗rinni egallaydi:
    1. Sotsiologik tafakkur jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‗z qonuniyatlari
    yordamida faoliyat ko‗rsatgani va rivojlanishini o‗rganadi, ijtimoiy ele-
    mentlarning umumiy sotsial tizimdan mustaqil holda harakat qilishini in-
    kor etadi.
    2. Real mavjud ijtimoiy munosabatlarni konkret o‗rganishni nazariy
    va amaliy jihatdan asoslaydi.
    3. Voqelikni o‗rganishda amaliy usullarga tayanadi, ilmiy-amaliy asos-
    langan xulosalarni ilgari suradi.
    Demak, sotsiologiya jamiyatni dalillarni tahlil va ilmiy umumlash-
    malar orqali emas, balki mavhum tarzda o‗rganuvchi falsafadan, shuning-
    dek, ijtimoiy xulq-atvor va o‗zaro ta‘sirning tipik guruhiy emas, balki indi-
    vidual namoyon bo‗lishida o‗rganuvchi psixologiyadan farq qiladi.
    Bugungi kunda ikki xil – akademik sotsiologiya (jamiyat haqidagi
    umumnazariy tizim) va amaliy sotsiologiya (aniq ijtimoiy voqea va dalil-
    larni o‗rganish uchun ilmiy apparat) shakllandi. XX asrning ikkinchi yar-
    midan mana shu ikki xil sotsiologiya uyg‗unlashib, birlashib, ayrim olin-
    gan hodisa va jarayonlarning rivojlanishini aniq dalillarni nazariy umum-
    lashtirish usuli yordamida bayon etish nazariyasi vujudga keldi.
    AQShlik sotsiolog J.Smelzer o‗zining «Sotsiologiya» darsligida
    «Sotsiologiya – jamiyat to‗g‗risidaga fan» ekanligini ta‘kidlaydi. O.Kont
    esa sotsiologiyani «jamiyat to‗g‗risidagi pozitiv fan», deb baholaydi.
    Fransuz mutafakkiri E.Dyurkgeym esa «Sotsiologiyaning predmeti – ijti-
    moiy faktlardan iborat» deb bilgan.
    Nemis sotsiologi G.Zimmel ta‘rificha, «Sotsiologiya xususiy ijtimoiy
    fanlarning bilish nazariyasidir». Nemis sotsiologi M.Veberning fikricha



    6
    «Sotsiologiya ijtimoiy xulq-atvor to‗g‗risidagi fandir». U ijtimoiy xulq-


    atvorni insoniy munosabatlardan iborat, deb bilgan. Insoniy xulq-atvor esa
    ijtimoiy mohiyatga ega.
    Rus sotsiologi P.Sorokin esa ushbu fanning predmeti – «jamiyat yoki
    ijtimoiy hodisalardan iborat», deb hisoblaydi. V.Yadovning fikricha esa
    Sotsiologiya jamiyatning bir butun organizm ekanligini, ijtimoiy muno-
    sabatlarning bir butunligini o‗rganadi. Sotsiolog G.Osipov «Sotsiologiya»
    deb nomlangan o‗quv qo‗llanmasida «Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning
    faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi, umumiy va o‗ziga xos
    ijtimoiy qonun hamda qonuniyatlarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar,
    xalqlar faoliyatida vujudga kelish va amal qilish shakllari to‗g‗risidagi
    fan», deb ta‘riflagan.
    Demak, sotsiologiya inson hayot faoliyati yoki ijtimoiy tashkilotlar-
    ning hamkorlikdagi shakllarini o‗rganuvchi va inson hamjamiyatining ri-
    vojlanishi hamda xulq-atvori to‗g‗risidagi fandir.
    Xulosa qilib aytganda, sotsiologiyaning obyekti uning nimani o‗rga-
    nishi kerak, degan savolga javob bersa, predmeti o‗sha obyektning qay ji-
    hatlarini o‗rganadi, degan savolga javob beradi. Sotsiologiyaiing obyektini 
    jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalari tashkil
    etadi.
    Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosqichda o‗rganadi:
    1) aniq-empirik;
    2) maxsus;
    3) umumiy.
    Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umumsotsi-
    ologik tadqiqot jarayonlarini o‗z ichiga oladi.
    Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta‘minlaydigan eng qu-
    lay variantlarni, ijtimoiy madaniy modellarini topishdan iborat. Bular jami-
    yat va insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
    Sotsiologiyaning vazifasi, shuningdek, murakkab ijtimoiy dunyoni tash-
    kil etuvchi o‗zaro birikib harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohi-
    yatini aniqlashdan hamda ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdan
    iborat.
    Sotsiologiyaning tadqiqot predmeti tarkibiy tuzilish jihatidan quyi-
    dagilarni o‗z ichiga oladi:
    1. Umumiy sotsiologiya – turli sotsial tizimlarda uchrab turadigan ijti-
    moiy hayotga oid me‘yorlarni, bu tizimlarning yashash tarzi va taraq-
    qiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o‗rganadi.



    7
    2. Maxsus sotsiologiya – ijtimoiy faoliyatning alohida sohalarini ko‗p


    omilli tizim sifatida tadqiq etadi. Maxsus sotsiologiyaning bir qancha tar-
    moqlari bor: 1) industrial sotsiologiya; 2) shahar sotsiologiyasi; 3) demo-
    grafik sotsiologiyasi va b.
    3. Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar – tadqiq qilinayotgan
    hodisalar, individlar bilan bevosita aloqa va ularning hayot faoliyatlaridagi
    faktlar to‗plami bo‗lib, so‗roq, kuzatuv, eksperiment va hujjatlarini o‗rga-
    nish usullarini tajriba yordamida bilishdir.
    Sotsiologlar jamiyatni makro va mikro darajadan o‗rganadi.

    Download 312,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. SOTSIOLOGIYA FANINING PREDMETI, OBYEKTI

    Download 312,51 Kb.