17
tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb baholash maq-
sadga muvofiqdir. Al-Moturidiy jamoa va jamiyatning voqelik mohiyatini
ramzlarda talqin etishga diqqatini qaratadi.
Movarounnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik aiglash va o‗rganish
ulug‗ mutafakkir
Abu Nasr Forobiy tomonidan kengaytirildi. U o‗zining
«Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insoniylik mohiyati o‗zlikni ang-
lashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va hodisalarning mohiyatini idrok
eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan
ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag‗ishlashga mas‘ul ilohiy kuch
ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlash-
ga ko‗mak berishini asoslab berdi.
Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilining
juda katta kuchga ega
ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni
anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru asrorlarini tushunib, idrok eta
olishga qodir emas. Shu boisdan u o‗zidan oldingi ajdodlari tomonidan bil-
dirilgan fikrlarni o‗zlashtirish, ilm-ma‘rifat bobida yetuk donishmandlar
fikriga ergashishi lozimligini alohida ta‘kidlaydi. Forobiy jamiyatning
boobro‗ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakat-
lantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o‗sha
paytdayoq ijtimoiy
fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiolo-
giyada ko‗p qo‗llanuvchi ekspertlar, ya‘ni o‗z davrining yetuk donish-
mandlari fikriga tayanib, ish tutish zarurligiga urg‗u beradi.
Ulug‗ bobokalonimiz
Abu Rayhon Beruniy ham sotsiologiya nazari-
yasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‗shdi. Beruniyning «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini insoni-
yat tarixining o‗tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag‗ish-
langan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Ushbu kitobda
ulug‗ mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib
borgan sotsiologik tadqi-
qotlari, qo‗llagan usullari xususida so‗z yuritib, shunday yozgan:
«Mazkur asarni yozish asnosida o‗zimga ishonch hosil qildimki, aqliy
narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo‗li bilan
haqiqiy ma‘lumotlarga ega bo‗lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob
ahllari» va turli din arboblariga, shu (e‘tiqodlarga amal qiluvchi har xil
maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish
bilan belgilanadi. So‗ngra ularning isbot uchun keltirgan so‗z va e‘tiqod-
larini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi».
1
Abu Rayhon Beruniy dunyoning sotsiologik manzarasi evolutsion ja-
1
Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. Tom 1, 1968, 406-bet.
18
rayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi.
Ayni chog‗da, Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch
ziddiyatlar emas, balki turli ijtimoiy darajadagi murosa va konsensus ekan-
ligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan, ayon bo‗lgan narsaga qanday
ishonib bo‗ladi»,
2
deb qarama-qarshiliklardan holi bo‗lgan jarayonlarda
o‗zgarish ehtiyojini kuchayishiga ishora qiladi.
Beruniy sotsiologiyadagi ijtimoiy tabaqalanish haqida ham fikr yuritib,
shunday deydi: «Tillarning turlicha bo‗lishiga sabab-odamlarning guruh-
larga
ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xo-
hishlarni ifodalash uchun zarur bo‗lgan so‗zlarga ehtiyoj tug‗ilishidir.
Uzoq zamonlar o‗tishi bilan haligi iboralar ko‗payib, yodda saqlanishi
va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan».
Ulug‗ mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning ijtimoiy qarashlari o‗zining
ilmiy teranligi, voqelikka hushyor baho berish xususiyati bilan ajralib tu-
radi. Ibn Sino olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o‗z-
o‗zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va
harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi. Hamma narsaning yuz be-
rishida
taqdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutlaqlashuvi g‗oyasiga
qarshi chiqib, Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a‘zolarining erkin
faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi.
Yusuf Xos Hojibning XI asrda yaratilgan «Qutadg‗u bilig» asari ham
ijtimoiy qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta‘lim va tarbiya hamda
ma‘naviy kamolotning yo‗l-yo‗riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mu-
jassamlashtirib, o‗zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.
Yusuf Xos Hojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta‘lim
atrofida olib borar ekan, o‗z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma‘na-
viy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma‘lumotlar beradi. U
o‗sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning
turmush tarzi, rasm-rusumlari,
qonun-qoidalari, hunar va kasb-korlari,
jamiyatda tutgan mavqelari, davlat tuzumining qanday asoslarda quril-
ganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sotsiologik
asoslangan ma‘lumotlarni o‗rtaga tashlaydi.
Yusuf Xos Hojib jamiyatning tom ma‘nodagi kamoloti faqat ta‘lim
vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha boyliklar mu-
vaqqatdir, o‗tkinchidir, bilim boyligi qancha sarf etilsa, shuncha ko‗pa-
yaveradi, deydi.
2
Shu yerda, 44-bet.