• Axborotlarni tahlil qilish.
  • Sotsiologik so„rov.
  • Gipotezani ilgari surish va tekshirish




    Download 312,51 Kb.
    bet5/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Gipotezani ilgari surish va tekshirish. Sotsiologik tadqiqotda gipo-
    teza bu ijtimoiy obyektlar strukturasi, shu obyektni tashkil etgan
    elementlar va aloqalar xarakteri, ular faoliyati hamda rivojlanishining
    mexanizmi to‗g‗risida asosli ilmiy taxmindir.
    Ilmiy gipoteza tadqiqot obyektini oldindan tahlil qilish natijasidagina
    shakllanadi.
    Gipotezaning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligini belgilash jarayoni sotsiologik
    tadqiqot paytida uni tekshirish va empirik asoslash jarayoni hisoblanadi.
    Gipotezani bunday tekshirish natijasida nazariyalar yo tasdiqlanadi, yoki
    inkor qilinadi.
    Axborotlarni tahlil qilish. Sotsiologga kerak bo‗lgan axborot avval-
    lari biror joyda tartibsiz yoki bir tizimga solingan shaklda hujjat tarzida
    qayd etilgan bo‗lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqotchilar hujjatlarni
    tahlil etishning quyidagi usullaridan foydalanadilar:
    1) hujjatlarning sifat tahlili («Muammoli» qidiruv, tematik umumla-
    shuv);
    2) hujjatlarning miqdoriy tahlili (kontent-analiz).
    Tadqiqotchi o‗z manfaatlari va qo‗yilgan vazifaning yo‗nalishiga
    bog‗liq ravishda rasmiy axborotni – hujjatlar, dalillar, rasmiy statistika va
    boshqalarni tahlil qiladi, keyin ekspertlar, respondentlarning subyektiv
    baho hamda fikrlarini o‗rganib, ularni to‗ldiradi.
    Sotsiologik so„rov. Dastlabki axborot olishning eng keng tarqalgan
    usuli so‗rov hisoblanadi. Uning yordamida barcha sotsiologik ma‘lumot-
    larning 90% i olinadi. So‗rov har doim bevosita ishtirokchiga murojaatni
    taqozo etadi va to‗g‗ridan-to‗g‗ri tuzatish qiyin bo‗lgan jarayonga qara-
    tiladi. Shuning uchun ham, so‗rov ma‘lum bir sharoitda, vaziyatga begona
    ko‗zdan chetda bo‗ladigan ijtimoiy, jamoa va shaxsiy munosabatlarni o‗r-
    ganishda katta ahamiyatga ega.
    So‗rov o‗tkazish aniq ma‘lumot beradi. Tanlov asosida so‗rov o‗tka-
    zish tejamli bo‗lsa ham ma‘lumotlar nisbatan noaniqroq bo‗ladi Agar
    barcha aholi yoki uning o‗rganilayotgan bir qismi asosiy va umumiy maj-



    10
    muyi deb olinsa, tanlov asosida so‗rov o‗tkaziladiganlar uning aniq, kich-


    raytirilgan nusxasidir. Bunda xato yoki farq bir necha foizdan oshmaydi.
    Demak, tanlab olingan majmuyi asosiy tadqiqot obyektining aniq nus-
    xasi bo‗lishi kerak. Originaldan chetga og‗ish reprezentativlik xatosi deyi-
    ladi. Reprezentativlik xatosi juda katta bo‗lmasligi lozim, aks holda, sotsi-
    olog tadqiqot natijalarini e‘lon qilmasligi kerak bo‗ladi. Reprezentatsiya
    qilish tanlab olingan (guruh, element) lar yordamida asosiy va umumiy
    majmuasini aniq aks ettirishi talab etiladi. Matematik statistika sotsiolog-
    larni bu borada eng zamonaviy usullar bilan qurollantirdi. Bu yerda mu-
    himi shuki, sotsiolog kim asosiy majmuaning tipik namoyandasi hisob-
    lanishini aniqlash va barcha odamlar tanlov guruhiga tushish imkoniga ega
    bo‗lishiga erishishi lozim. Kim so‗rov qilinishini tasodif va matematika hal
    qiladi.
    Tanlov asosida tadqiqot o‗tkazish sotsiologiyaning anketa so‗rovi, in-
    tervyu, kuzatish, eksperiment, hujjatlar tahlili kabi usullarining asosini
    tashkil etadi.
    Sotsiologik so‗rovning quyidagi ko‗rinishlari mavjud:
    – anketa to‗ldirish;
    – intervyu.
    Anketa to‗ldirishda so‗roq qilinuvchi savolnomani to‗ldiradi. Bu usul
    o‗z shakliga ko‗ra individual yoki guruhli bo‗lishi mumkin.

    Download 312,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gipotezani ilgari surish va tekshirish

    Download 312,51 Kb.