Sotsiologik kuzatish va eksperiment




Download 312,51 Kb.
bet6/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

Sotsiologik kuzatish va eksperiment. Tadqiqot obyektini kuzatish
hujjatli ma‘lumotlarni yig‗ish shaklidagina emas, maxsus vizual marosim
(protsedura) shaklida ham bo‗lishi mumkin. U ijtimoiy faktni amalga oshi-
rish paytida malakali qayd etish imkoniyatini beradi, jarayonning o‗ziga
xos nozik tomonlarini e‘tiborga oladi. Bevosita kuzatish kuzatuvchining
obyekt bilan aloqa qilish darajasiga ko‗ra farqlanadi.
O‗rganilayotgan vaziyatning kuzatuvchisi roliga qarab, 4 turini ajratib
ko‗rsatish mumkin:
1) kuzatuvchining vaziyatda to‗la ishtirok etishi;
2) vaziyat ishtirokchisi kuzatuvchi sifatida namoyon bo‗ladi;
3) kuzatuvchi ishtirokchi sifatida faoliyat ko‗rsatadi;
4) kuzatuvchi jarayonda ishtirok etmaydi.
Vaziyatda to‗la ishtirok etish kuzatuvchini guruhning to‗la a‘zosi
sifatida bo‗lishini taqozo etadi. Bunda kuzatuvchining rolini guruh
a‘zolari bilmaydi. Misol sifatida G.Vamberining O‗rta Osiyoga sayo-
hati, U.Uaytning italyan immigrantlari hayotini o‗rganish uchun 3 yil
ular bilan yashagani kabi dalillarni keltirishimiz mumkin. Ushbu usul



11
qator xususiyatlarga ega: tadqiqotning birinchi bosqichida muammo


qo‗yiladi, tadqiqot gipotezasi ilgari suriladi, natijalar yakunlanadi.
Tatqiqot obyekti hayotiga kirib borish natijasida kuzatuvchi subyek-
tivizmga berilishi mumkin, oqibatda voqealarga baho berishda simpa-
tiya yoki antipatiya ham ma‘lum rol o‗ynaydi.
Ochiqdan-ochiq kuzatish yashirincha kuzatishdan ko‗ra qator af-
zalliklarga ega: kuzatuvchi tadqiqot vaziyatiga osonlik bilan kiradi;
kuzatilayotgan jamoa kuzatuvchiga tez moslashadi, ijobiy munosabat
paydo bo‗lganda unga ma‘lumot yig‗ishda yordam ham beradi.
Eksperiment ijtimoiy bilishda o‗ziga xos holda amalga oshiriladi,
chunki inson, uning ruhiyati ustida, shuningdek, jamiyat hayotida keng
miqyosda eksperiment bo‗lishi mumkin emas. Shunday bo‗lsa-da,
mehnat sotsiologiyasi doirasida u tez-tez uchrab turadi, bunda faktlar,
o‗zgarishlar qiyoslanadi.


Download 312,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sotsiologik kuzatish va eksperiment

Download 312,51 Kb.