28
8. E.Dyurkgeym va L. Gumplovichning sotsiologiya fani rivojiga
qo‗shgan hissalari nimalardan iborat?
9. Ch.X. Kuli interaksionizmi haqida nimalarni bilasiz?
10. T.Parsons ta‘limotini aytib bering.
Tayanch so„z va iboralar
Pozitivizm – empirik fanlarni haqiqiy bilimning birdan-bir manbayi
deb bilish;
Struktura – funksional tahlil-ijtimoiy tizimda tuzilmalarni tashkil
etuvchi tizimlar va ularning funksiyasini ajratib ko‗rsatuvchi usul;
omma – ko‗pchilikning tasodifan bir joyda bir vaqtda to‗planishi;
elita – ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv, madaniyat fanni rivojlanti-
ruvchi oliy, imtiyozli qatlami;
ijtimoiy institutlar – kishilar faoliyatini tashkil etishning mustahkam
shakli;
so„fiylik – yagona Ollohni tan olishni va unga intilishni targ‗ib
qiluvchi, VIII-IX asrlarda Arab xalifaligida tarqalgan oqim;
zardushtiylik – Xorazmda eramizdan avvalgi VII asrda vujudga
kelgan, yakka xudolilikka asoslangan din;
mitraizm – Eronda eramizdan avval I asrda paydo bo‗lgan, xudo
Mitraga sajda qilish bilan bog‗liq bo‗lgan din;
sotsiometriya – mikrosotsiologiyaning kichik guruhlarda shaxslararo
munosabat tarkibini o‗rganshi;