• Ijtimoiy tizim dinamikasi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet16/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Tizim – o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq va funksional munosabatlar
    hamda aloqalarda bo‗lgan elementlarning bir butun majmuyidir.
    Ijtimmoiy bilim – o‗z ichiga ayrim individlar, guruhlar, tashkilot-
    lar, institutlar, hamjamiyatlarning ijtimoiy aloqa va munosabatlari bir-
    lashgan, tartibga solingan bir butunlikdir.
    Tizimlarning umumiy nazariyasida (L. fon. Bertalanfiga ko‗ra) ja-
    miyat murakkab, bir butun tashkil etilgan tizim sifatida talqin qilinadi.
    Sotsiologiyada, odatda, ijtimoiy tizim 4 nuqtayi nazarda o‗rganiladi:
    1) individlarning o‗zaro ta‘siri;
    2) guruhlarning o‗zaro ta‘siri;
    3) ijtimoiy maqomlar iyerarxiyasi;
    4) individlar xulq-atvorini belgilaydigan ijtimoiy me‘yor va qadri-
    yatlarning majmuyi.
    Ijtimoiy tizim dinamikasi. Tizimning tinch holatini bayon qilish u
    haqda to‗la ma‘lumot bermaydi. Tizim dinamikasi unga yo‗nalish, xusu-
    siyatlarining o‗zgarish sur‘ati, shuningdek, o‗rganishni taqozo qiladi.
    To‗g‗ri chiziqli va to‗g‗ri chiziqli rivojlanish manbayi hamda harakat-
    lantiruvchi kuchlari tizimli dinamikaning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
    Demak, ijtimoiy tizim dinamikasi tushunchasi ijtimoiy voqelikni o‗rga-
    nishdagi turli munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy tizim dinamikasi voqelik



    32
    o‗zgarishidagi jarayonlarni, ularning bog‗liqligi, yo‗nalishi va oqibatlarini


    o‗rganadi. Uning doirasida bu o‗zgarishlarga ta‘sir qiluvchi omillar, ijti-
    moiy munosabatlarga individlarning moslashish qonuniyatlari kiradi.
    Tabiatshunoslikda dinamik tizim deganda, tizimning holatini aniqlash
    mumkin bo‗lgan har qanday obyekt yoki jarayon tushuniladi.
    Dinamik tizimlar 2 xil bo‗ladi:
    to„g„ri chiziqli dinamik tizim xatti-harakati bir joyda turadigan
    narsa atrofida (masalan, mayoqning tebranishi) bo‗ladi, u vaqtga bog‗liq
    emas;
    – to„g„ri chiziqli bo„lmagan tizim barqaror va beqaror statsionar ho-
    latga ega. Barqaror statsionar holat tizimning o‗ziga xos, beqaror statsionar
    holat tizimdagi o‗zgarishlarni ko‗rsatadi.
    To‗g‗ri chiziqli bo‗lmagan tizim tushunchasi ko‗p variantlilikni, taraq-
    qiyotni va orqaga qaytmaslikni o‗z ichiga oladi.
    Jamiyat rivojining asosiy manbayi kishilarning xatti-harakatida mujas-
    samlangan energiyadir. U jamiyatning institutsional va madaniy tizimida
    o‗zgarishlarga sabab bo‗ladi. Bu o‗zgarishlar ichki o‗z-o‗zini tartibga so-
    lish va nazorat qilish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi.
    Murakkab tizimlarda evolutsiya va involutsiya, integratsiya va dez-
    integratsiya namoyon bo‗ladi. Masalan, qadimgisivilizatsiyalar asrlar da-
    vomida gullab-yashnadi va halokatga uchradi. A.Toynbi so‗nggi 3000 yil
    ichida bo‗lgan 21 sivilizatsiyani o‗rganib, o‗rtacha progressiv taraqqiyot
    o‗rtacha regressiv taraqqiyotga o‗tishini ko‗rsatadi. Sivilizatsiyalar, ular-
    ning rivojlanishi, inqirozi to‗xtovsiz va to‗planib boradigan tarzda namo-
    yon bo‗ladi.


    Download 312,51 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.