O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet24/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

Norealistik nizolar to‗planib qolgan salbiy emotsiya, xafagarchilik,
dushmanlikning ifodalanishidir, bunda kuchli nizoli o‗zaro ta‘sir natijaga
erishish vositasi emas, balki yolg‗iz maqsad bo‗lib qoladi.
Nizolar quyidagi guruhga ham ajraladi:
• destruktiv nizo samarali o‗zaro ta‘sirni izdan chiqarib, ikki tomonga
zarar keltiradi;



47
• konstruktiv nizo ziddiyatlarni aniqlash, ularni hal qilish, ilgari


harakat qilish, rivojlanishga turtki bo‗ladi.
A.Kozerning fikricha, nizo faqat ijobiy yoki faqat salbiy oqibatga ega
bo‗lmaydi, balki bir paytning o‗zida ham salbiy, ham ijobiy oqibatga ega
bo‗lishi mumkin. Nizo ijtimoiy o‗zaro ta‘sir shakli sifatida ijtimoiy struk-
turani shakllantirish, standartlashtirish va qo‗llab-quvvatlash vositasi hi-
soblanadi.
Arastu, Gobbs, Gegel, Veber, Darendorf kabi mutafakkir va siyosat-
chilarning ko‗plab asarlarida nizolar me‘yordan chetga og‗ish emas, balki
ijtimoiy munosabatlar me‘yori, jamiyatning normal holati deb ta‘riflanadi.
Nizolar nazariyasi nizoni ijtimoiy rivojlanish manbayi, ijtimoiy
dunyoni o‗zaro kurashayotgan jang maydoni deb qaraydi.
Hokimiyat egalari uni saqlab qolishga, boshqalar esa vaziyatni o‗zgar-
tirishga intiladi. Darendorfning fikricha, rollar tarkibi ayni bir paytning
o‗zida ham hamkor, ham nizoli manfaatlarni keltirib chiqaradi.
Sotsiolog Jon Reks ijtimoiy tartib taqsimoti ustidan nazorat o‗rnatuvchi
ayrim guruhlarning shaxsiy hokimiyatini himoya qilishning ongli natijasi,
degan xulosaga keladi.
Har qanday ijtimoiy tizim resurslarni cheklash bilan to‗qnashadi va
ularni taqsimlash mexanizmiga ega bo‗ladi:
– iqtisodiy taqsimot;
– hokimiyat munosabatlari iqtisodiy taqsimot tizimidagi har qanday
tartibsizlikning oldini oladi;
– qadriyatlar hokimiyat taqsimotining qonuniyligini himoya qiladi;
– diniy e‘tiqod va marosimlar qadriyatlarga qat‘iy bo‗ysunish mahsuli
sifatida namoyon bo‗ladi.
Integratsiya va ijtimoiy tartib taqsimot jarayonining natijasi hisob-
lanadi.

Download 312,51 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.