48
olligi va ruhiy tajribasining nisbatini bildiradi.
O‗zaro ta‘sirning intensivligi hayotiy faoliyatning o‗zaro munosabat-
larga qay darajada bog‗liqligini ko‗rsatadi: u maksimal va minimal katta-
liklar orasida bo‗lishi mumkin. Interaksiya sohalari qanchalik ekstensiv
yoki intensiv bo‗lsa, o‗zaro ta‘sirga kirishuvchi tomonlarning hayoti, xatti-
harakati, ruhiyati shunchalik qaram bo‗ladi.
Bir odamning boshqa bir odamga ta‘siri har qanday interaksiyani vu-
judga keltiradi. Mana shu ta‘sir mavjud bo‗lar ekan, interaksiya davom
etadi. Bir tomonning mavjudligi haqidagi fikr boshqa odamga ta‘sir qilmay
qo‗ygandagina, interaksiya to‗xtaydi.
O‗zaro ta‘sirlar quyidagicha bo‗lishi mumkin:
– tashkil etilgan interaksiya;
– tashkil etilmagan interaksiya.
Tomonlarning munosabati, faoliyati muayyan huquq, majburiyat va
funksiya strukturasini vujudga keltirsa va ma‘lum bir qadriyatlar tizimiga
tayansa,
interaksiya tashkil etilgan hisoblanadi.
Munosabat va qadriyatlar uyushmagan bo‗lsa, huquq va majburiyatlar,
ijtimoiy mavqelar aniqlanmasa, interaksiya tashkil etilmagan hisoblanadi.
P.Sorokin ijtimoiy o‗zaro ta‘sirning quyidagi tiplarini ajratib ko‗rsatadi:
– interaksiyaning tashkil etilgan antagonistik tizimi mavjud bo‗lib, u
majburlashga asoslanadi;
– interaksiyaning tashkil etilgan birdamlik tizimi esa ixtiyoriy a‘zolikka
asoslanadi;
– tashkil etilgan-aralash,
hamkor antagonistik tizim, qisman, majbur-
lash, qisman shakllangan qadriyatlar va munosabatlarni ixtiyoriy qo‗llab-
quvvatlash bilan boshqariladi.
Ko‗plab tashkil etilgan ijtimoiy interaktiv tizimlar oiladan tortib dav-
latgacha
tashkil etilgan aralash turga kiradi. Mavjud tashkil etilgan gu-
ruhlarda o‗zaro munosabatlarning 3 turini ko‗rsatish mumkin:
1) oilaviy; 2) kelishilgan; 3) majburiy
.
Birlashtiruvchi qadriyatlarda quyidagi guruhlarni ko‗rsatish mumkin:
– ―bir tomonlama‖ guruhlar (biosotsial guruhlar – irqiy, jinsiy, yosh,
sotsiomadaniy guruhlar: avlod, til guruhlari, diniy guruhlar, kasbiy va siyo-
siy, ilmiy uyushmalar) tuzilishi asosiy qadriyatlar qatoriga asoslanadi;
– ―ko‗p tomonlama‖ guruhlar bir qancha qadriyatlar qatorining birla-
shuviga asoslanadi: oila, jamoa, millat, ijtimoiy sinf.
Guruhlar faoliyati quyidagi dinamik jarayonlar asosida amalga oshadi:
– guruh a‘zolariga ta‘sir o‗tkazish, majburlash;
49
– ijtimoiy rollarning shakllanishi, rollarning taqsimlanishi;
– jamiyat a‘zolari faolligining o‗zgarishi
(fatsilitatsiya – kishilar dav-
rasida odam energiyasining oshishi (sportda) ingibitsiya – kishilar davra-
sida odam faoliyatining pasayishi);
– guruh a‘zolarining fikri, bahosi xatti-harakati me‘yorlarining o‗zga-
rishi: “
guruhiy me‟yorlashuv” fenomeni me‘yor – o‗rtacha guruhiy stan-
dartning shakllanishi; “
guruhiy qutblarga ajralish, ekstremizatsiya‖ –
guruhdagi umumiy fikrning barcha guruhiy fikrlarga, jumladan, guruhning
fikri individning fikridan qaltis bo‗lsa, shu qaltis fikrga yaqinlashuvi;
“
avtoritetga bo„ysunish” fenomeni “
mas‟uliyat belgisi” fenomeni bilan
birgalikda mas‘uliyatni o‗zidan boshqa barcha kishilarga, rahbarga yuklash.
Ijtimoiy fatsilitatsiya shuni ko‗rsatadiki, boshqalarning huzurida odam-
ning dominantlik reaksiyasi oshadi, natijada u oddiy va o‗ziga yaxshi ta-
nish bo‗lgan harakatni samaraliroq bajaradi. Masalan, sportchilar muso-
baqada, kurashda ko‗proq natijaga erishadi. Murakkab vazifalarda esa ki-
shilarning huzurida noto‗g‗ri reaksiya natijasida samara pasayadi, ya‘ni
ingibitsiya vujudga keladi. Masalan, imtihonda bilganini aytib berolmaslik
yoki sahnada matnni esdan chiqarib qo‗yish hollari uchraydi.
N.Kostrell fikricha, odamlar qanday baho berar ekan, degan tushun-
cha ta‘sirida hayajonlanish fatsilitatsiya va ingibitsiyani vujudga keltiradi.
Musobaqa ijtimoiy o‗zaro ta‘sirning bir ko‗rinishi sifatida ijtimoiy fatsi-
litatsiya, ya‘ni boshqalar bilan o‗zini solishtirganda natijalarning yaxshila-
nishiga misol bo‗ladi. Lekin har bir odamning shaxsiy harakat qilishi in-
dividual baholanganda ijtimoiy fatsilitatsiya namoyon bo‗ladi. Agar odam-
lar umumiy maqsad uchun o‗z sa‘y-harakatlarini birlashtirsalar va bunda
har bir odam hamkorlikdagi natija uchun javobgar bo‗lmasa, ish natijasi
individual baholanmasa, odamlar astoydil ishlamasliklari mumkin, ya‘ni
ijtimoiy dangasalik namoyon bo‗ladi. Oqibatda, guruhning jamoadagi ish
qobiliyati guruh a‘zolari umumiy ish qobiliyatining yarmidan ham osh-
maydi. Faoliyat guruh vaziyatining baholanishidan qo‗rqish tuyg‗usini
kamaytirish, «boshqalar orqasiga berkinish»ga imkon berishi guruh a‘zo-
lari faolligini susaytiradi. Agar guruhiy vazifa murakkab, jozibali, maroqli,
shuningdek, guruh a‘zolari o‗zaro do‗st bo‗lsa va har bir shaxsning hissasi
e‘tiborga olinsa, odam o‗zining hissasini foydali, tengsiz deb biladi.
Ijtimoiy fatsilitatsiya masalasi muayyan guruh odamni ta‘sirlantirishi-
ni, ijtimoiy dangasalik esa guruhda mas‘uliyatning pasayishini ko‗rsatadi.
Mas‘uliyatning pasayishi va ta‘sirlanish birlashsa me‘yoriy vazminlik, o‗z-
o‗zini tuta bilish susayadi, Shuning uchun ham, guruhda odam bir o‗zi
qolganda qilmaydigan ishni, hatto jinoyatni ham amalga oshirishi mumkin:
50
deindividualizatsiya fenomeni – anonimlikni ta‘minlaydigan va alohida har
bir odamga diqqatni qaratmaydigan vaziyat vujudga kelganda o‗z-o‗zini
anglab yetish hamda shaxsiy mas‘uliyat hissining yo‗qolishi shakllanadi.