53
5-bob. SOHALAR SOTSIOLOGIYASI. SIYOSIY VA
IQTISODIY SOHALAR SOTSIOLOGIYASI
5.1. Siyosiy sotsiologiya. Hokimiyat, hukmronlik va avtoritet
Siyosiy sotsiologiya – sotsiologik nazariyaning bir qismi bo‗lib,
jami-
yat va davlat ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‗rtasidagi o‗zaro muno-
sabatlarni o‗rganuvchi fan. Siyosiy sotsiologiya
siyosiy fanlardan farq
qiladi va bu farq o‗rganish predmetida ifodalanadi. Siyosatshunoslik jami-
yatning siyosiy hayotini, ya‘ni davlat hokimiyati,
uni egallash va undan
foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan siyosiy tizimdagi munosabatlarni o‗rga-
nadi.
Siyosiy sotsiologiya jamiyatning davlat, partiyalar,
ijtimoiy-siyosiy
tashkilot va individlarga ta‘siri, ularning siyosiy xulq-atvorini o‗rganadi.
―Siyosiy sotsiologiya keng ma‘noda, – deb yozadi O.Berg-Shlosser, –
barcha ijtimoiy nodir hodisalar bilan shug‗ullanadi va bu hodisalar siyosiy
jihatdan muhim hisoblanadi. Obyektiv sohada bu, avvalambor, turli shakl-
dagi jamiyat strukturalari va bu strukturalarga ta‘sir qiluvchi omillardir.
Obyektiv sohada u siyosiy muhim bo‗layotgan ijtimoiy nazariya va xulq-
atvor namunalarini tadqiq qiladi, tor ma‘noda, siyosiy sotsiologiya obyekti
– aniq siyosiy jihatdan muhim guruh va jarayonlarni tadqiq qilishdir‖.
Demak, siyosat haqidagi fan davlat boshqaruvi bilan bog‗liq bo‗lsa va
uning jamiyatga ta‘sirini o‗rgansa, u vaqtda
siyosiy sotsiologiya jami-
yatdan kelib chiqadi hamda uning davlatga qanday ta‘sir ko‗rsatishini, ya‘-
ni hokimiyatni taqsimlashga va uni amalga oshirishga xizmat qiluvchi
rasmiy institutlarga ta‘sirini o‗rganadi. Shunday qilib,
siyosiy sotsiolo-
giyaning predmeti ijtimoiy strukturalar va jarayonlarning siyosiy soha
bilan o‗zaro ta‘sir mexanizmi hisoblanadi.
Siyosiy sotsiologiya o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
• siyosatning umumiy nazariyasi (siyosiy hokimiyat,
uning boshqa
ijtimoiy voqeliklardan farqi va vazifasi);
• siyosatning ijtimoiy aspektlari (manfaatlar, talablar, shaxslar va gu-
ruh, institutlar faoliyati).
Siyosiy hayot sotsiologiyasi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning 3 dara-
jasini o‗rganadi:
• ijtimoiy-siyosiy tizimlar faoliyat ko‗rsatishining umumiy qonunlari;
• ayrim olingan mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‗ziga
xos xususiyatlari;
• siyosiy faoliyatning ayrim turlari.