Siyosiy faoliyat va siyosiy xatti-harakatlar. Siyosiy hukmronlik




Download 312,51 Kb.
bet29/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

5.2. Siyosiy faoliyat va siyosiy xatti-harakatlar. Siyosiy hukmronlik 

Siyosat davlatning mohiyatini ifodalaydi yoki u bilan bog‗liq faoliyat


degan fikr keng tarqalgan. Siyosiy xatti-harakat davlat organlari faoliyati
yoki davlat tashkilotlari faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatishdir, degan fikrlar ham
mavjud. Siyosat haqidagi bunday fikr ancha tor. Chunki, birinchidan, dav-
lat hozirgi ma‘noda har doim ham mavjud bo‗lgan emas. Davlat tarixan
shakllanib keldi va hozirgi ko‗rinishga ega bo‗ldi. Ikkinchi tomondan,
davlatning har qanday xatti-harakati siyosiy bo‗la olmaydi. Davlat bosh-
qaruvi siyosat va siyosiy ta‘sirga yo‗naltirilgan bo‗lsa ham u siyosatning
o‗zi emas. Jamiyatda bo‗ladigan har qanday jarayonni siyosat deb bilish
to‗g‗ri bo‗lmaydi. Siyosiy shart-sharoit yoki siyosiy qarorlar bilan bog‗liq
bo‗lmagan hayot sohasini topish mumkin emas. Qayd etilayotgan ijtimoiy
xatti-harakat tipik siyosiy bo‗lsa, sohalarni siyosiy yoki siyosiylashtirilgan,
deb qarash kerak. Bunda gap siyosiy relevantlik (siyosiy ahamiyatga mo-
liklik) haqida ketadi. Masalan, ko‗p oilalarning hayoti siyosiy emas, lekin
oilalarda bo‗ladigan ko‗p jarayonlar siyosiy ahamiyatga ega. Siyosiy qa-
rorlardan kelib chiqadigan maktab islohotlari oilaviy bitimga to‗g‗ri kel-
masligi mumkin,
Siyosiy faoliyat ayrim individ va kishilar guruhining o‗z manfaat va
ideallariga moslashtirish maqsadida ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimiga
ongli ravishda ta‘sir ko‗rsatishidir. U o‗zida konkret siyosiy xatti-hara-
katlar majmuyini ifodalaydi. Siyosiy xatti-harakat esa individ yoki kishilar



58
guruhi tomonidan u yoki bu natijaga erishish maqsadida amalga oshiri-


ladigan aksiyalar, qadamlardir. Siyosiy faoliyat va siyosiy xatti-harakat
motivi (sababi) deganda, kishilarni bu ishga nima undayotganiga e‘tibo-
rimizni qaratishimiz kerak. Kishilar ijtimoiy faolligining asosiy sababi,
ularning hayotiy talab hamda manfaatlaridadir. Har qanday siyosiy faoliyat
va xatti-harakatda ijtimoiy guruh va individlarning aniq va yashirin shakl-
daga real talab hamda manfaatlari ifodalanadi.
Qanday xatti-harakatni siyosiy xatti-harakat deb hisoblash kerakligini
aniqlab olish lozim. Bunda, ijtimoiy sohaning siyosiy faoliyat yuritishga
imkon beradigan muayyan o‗ziga xosligiga e‘tibor beriladi. Lekin qanday
sohalar haqida gap ketayotganini qat‘iy belgilash mumkin emas. Chunki
ijtimoiy hayotning ayrim sohalari vaqt o‗tishi bilan siyosiylashadi, ya‘ni
o‗zining avvalgi nosiyosiy xarakterini yo‗qotadi, aksincha bo‗lishi ham
mumkin.
Siyosiy xatti-harakat siyosiy xulq-atvorning maxsus shakli hisoblanadi.
Siyosiy xatti-harakat unda ishtirok etayotgan sistemachalarning bir-biriga
munosabati dinamik bo‗lishini taqozo etadi. Siyosiy xatti-harakat konser-
vativ bo‗lishi yoki biron-bir narsani o‗zgartirishga intilishi mumkin. To‗la
ravishda yo‗naltirish, tartibga solish mumkin bo‗lmagan makon bor yerda
siyosat vujudga keladi. To‗la institutsionallashgan byurokratik apparatda
siyosiy qarorlarni bajarish siyosiy xatti-harakat emas, lekin siyosiy ahami-
yatga ega.
Siyosiy xatti-harakat o‗z mohiyatiga ko‗ra, guruhning faoliyati, ya‘ni
turli darajadagi institutsionallashgan guruhlar va sistemachalar orasidagi
xatti-harakatdir. Demak, u konkret guruh manfaatlari, qadriyatlari me‘yor-
lari orqali ifodalanmaydi. Siyosiy xatti-harakat ayrim guruh va sistema-
chalarni faoliyatdagi subyekt deb bilmasa ham, ko‗plab manfaatlar, qadri-
yatlar, me‘yorlarga tayanishi lozim. Chunki siyosiy xatti-harakat turli maq-
sad va qadriyatlarga ega ko‗plab kishilar mavjud bo‗lgan ijtimoiy
sohada amalga oshadi, sistemachalarning bir-biriga bo‗lgan munosa-
batiga ta‘sir hokimiyatdan tashqarida vujudga kelmaydi.
Siyosiy xatti-harakatda maqsadlar, odatda, bir marotabalik harakat
orqali amalga oshmaydi, u uzluksiz xarakterga ega bo‗lishi kerak.
Maqsadga yaqinlashtiruvchi ayrim qadamlar maqsadga muvofiq tarz-
da rejalashtirilishi lozim. Ushbu sohada doimo turli maqsadga ega
boshqa kishilar va guruhlarning xatti-harakati bilan hisoblashish talab
qilinadi.
Siyosiy xatti-harakat amaliy bo‗lib, o‗z mohiyati bilan amalga
oshirish mumkin bo‗lgan narsalarga tayanadi. ―Siyosat – bu imko-



59
niyatlar san‘ati‖,– degan edi O.Bismark.


Siyosiy xatti-harakat ko‗pincha noxush, gumanizm chegarasidan
o‗tadigan mavhumlik sohasida yuz beradi. Professional siyosatchi be-
nihoya ko‗p kishilarni shaxsan bilishi, ularning ismini esda saqlashi
lozim. Shunga qaramay, u ―anonim‖lar, davlatlar, partiyalar, tashki-
lotlar, harakatlar, qonunlar, ijtimoiy fikr, aloqalar bilan to‗qnash keladi.
Yuqoridagilar haqidagi tasavvur shaxslar, ayrim kishilar taqdirining
o‗ziga xosligini doiradan tashqariga chiqishga majbur qiladi. Bu ham
individual erkinlik va ko‗plab kishilarning shaxsiy imkoniyatlarini
amalga oshirishga xalaqit beradi.
―Siyosat‖ tushunchasining ―siyosiy xatti-harakat‖ tushunchasi bi-
lan bog‗liqligidan kelib chiqib, ―siyosat‖ so‗zining uchta ma‘nosini
ko‗rsatamiz:
1. Siyosat siyosiy xatti-harakatni o‗z ichiga oluvchi vaziyat hisob-
lanadi. Bu aloqa, ko‗pincha interaksiya xarakteriga ega. U aksariyat
hollarda bir-biriga dahldor, lekin bir-biriga o‗zaro ta‘siri bo‗lmagan
strategik oriyentatsiya natijasi bo‗lib qoladi. Uni ―kimdir siyosat bilan
shug‗ullana boshlayapti‖, degan ibora bilan ifodalash mumkin.
2. Siyosat individ yoki guruhlar siyosiy xatti-harakatining ayrim
vaziyatlariga tarqaladi. Bu haqda ―kimdir siyosat bilan shug‗ul-
lanayapti‖ deyish mumkin.
3. Siyosat muayyan maqsadga yo‗naltirilgan, muvofiqlashtirilgan
siyosiy xatti-harakatning izchilligidir. Bunday vaziyat ―kimdir siyo-
satni amalga oshiryapti‖, deb ifodalanadi.
Siyosatning bunday uch ta‘rifi siyosiy xatti-harakatga borib taqaladi.

Download 312,51 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Siyosiy faoliyat va siyosiy xatti-harakatlar. Siyosiy hukmronlik

Download 312,51 Kb.