• 7-bob. DEVIANT VA DELINKVENT XULQ-ATVOR
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet37/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Tayanch so„z va iboralar 
    Ta‟lim sotsiologiyasi – sotsiologiyaning ta‘limni ijtimoiy institut,
    uning idoralarini ijtimoiy tashkilot sifatida hamda ta‘lim sohasidagi
    ijtimoiy siyosatni o‗rganuvchi sohasi;
    oila sotsiologiyasi – oilani nikoh asosida tashkil topgan va muayyan
    vazifani bajaruvchi ijtimoiy institut sifatida o‗rganuvchi soha;
    promiskuitet – oilaviy hayotni ijtimoiy hayotga teng deb bilish;
    punalual oila – qon-qarindoshlar orasida nikohni man qilish;
    jamoatchilik fikri – xalq fikrini bilish usuli.

    Savollar va topshiriqlar 

    1. Ta‘lim sotsiologiyasining o‗rganish obyekti nima?


    2. Ta‘limning ijtimoiy roli va obyekti nimadan iborat?
    3. Ta‘lim strukturasi haqida nimalar bilasiz?
    4. O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim‖ to‗g‗risidagi Qonuni va
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qachon qabul qilindi?
    5. Ta‘lim to‗grisidagi islohotlarning bosqichlarini aytib bering.
    6. Oila sotsiologiyasi va uning vazifalari nimalardan iborat?
    7. Oilaning funksiyalari nimalardan iborat?
    8. Jamoatchilik fikrining obyekti nima?
    9. Jamoatchilik fikrining qay tarzda ifodalanishini aytib bering.



    78
    7-bob. DEVIANT VA DELINKVENT XULQ-ATVOR 



    7.1. Ijtimoiy me‟yor tushunchasi 

    Ijtimoiy me‘yorlar boshqa qadriyatlar kabi shaxs va jamiyatni baho-


    lash funksiyasini bajaradi. Me‘yorlar xulq-avtorni tartibga soladi va ijti-
    moiy nazoratni amalga oshiradi. Bunda faqatgina fikr emas, iroda ham ifo-
    dalanadi. Irodaning individual ifodalanishidan farq qilib, me‘yor tipik ijti-
    moiy aloqalarni ifodalaydi. Me‘yor g‗oyalar va ideallar kabi baholab, yo‗-
    naltiribgina qolmaydi, balki buyruq, farmoyish ham beradi. Uning xarak-
    terli xususiyati qat‘iylik va keskinlikdir.
    Ijtimoiy me‘yorlar – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‗lib,
    shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga mos-
    lashtiruvchi qoidalar majmuyidir. Me‘yorlar xulq-avtorning chegarasi,
    shart-sharoiti, shaklini munosabatlar xarakteri va unga erishish maqsad
    hamda usullarini belgilaydi. Me‘yorlar xulq-atvorning umumiy tamoyillari
    va uning konkret parametrlarini belgilagani uchun ham boshqa qadri-
    yatlarga qaraganda keraklilik, darkorlikning to‗la modeli, o‗lchovini be-
    rishi mumkin.
    Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari bo‗yicha O‗zbekistonda
    ko‗plab ishlar qilingan. Deviant xulq-atvorning turli ko‗rinishlarini respub-
    likamiz olimlari o‗z tadqiqot obyekti doirasida o‗rganganlar. Respublika-
    miz faylasuflaridan X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov
    (shaxs tarbiyasida ma‘naviy-axloqiy tarbiyag ta‘siri masalalari), sotsiolog
    M.B. Bekmurodov (ijtimoiy me‘yorlarga jamoatchilik fikrining ta‘siri ja-
    rayonlari), huquqshunoslardan A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonali-
    yev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‗smirlar jinoyatchiligi masala-
    lari), psixolog olimlar G‗.V.Shoumarov, N.A.Soshnov, S.A.Axunjonova,
    Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‗z joniga qasd qilish va jino-
    yatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlardan
    O.Musurmonova, D.J.Sharipovlarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash
    hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish
    muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish
    mumkin.
    Me‘yorning buzilishi ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan aniq salbiy
    munosabatni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham, me‘yorlar deviatsi-
    yaga qarshi kurash vositasi, tartib o‗rnatish hamda ijtimoiy barqarorlik
    vositasi bo‗ladi.



    79
    Me‘yorlar muayyan xulq-atvorga bo‗lgan talab oqibatida vujudga ke-


    ladi. Ijtimoiy reallik va talablarning turli-tumanligi me‘yorlar turli-tuman-
    ligini keltirib chiqaradi. Me‘yorlarni turli asoslarga tayanib tasnif qilish
    mumkin. Sotsiologiya uchun me‘yorlarni subyektga, shu me‘yorni tashuv-
    chilarga ko‗ra ajratish katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, umu-
    minsoniy me‘yorlar, jamiyat, guruh va jamoa me‘yorlarini ajratib ko‗rsa-
    tishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ushbu me‘yorlar uzviy bog‗liq va bir-
    biriga ta‘sir ko‗rsatadi.
    Zamonaviy sotsiologiya ijtimoiy me‘yorlarni quyidagicha tasniflaydi:
    Obyektga yoki faoliyat sohasiga ko‗ra munosabatlarning muayyan
    turida amal qiluvchi me‘yorlarni ajratish mumkin. Bular – siyosiy, iqti-
    sodiy, estetik, diniy va boshqalardir.
    Mazmuniga ko„ra mulkiylik munosabatlarini tartibga soluvchi, shaxs-
    ning huquq va erkinliklarini ta‘minlovchi, muassasalar faoliyati hamda
    davlatlararo o‗zaro munosabatlarni muayyan tartib-qoidalarga bo‗ysun-
    diruvchi me‘yorlar bo‗lishi mumkin.
    Me‟yoriy – qadriyatlar iyerarxiyasidagi o‗rniga ko‗ra asosiy va ikkin-
    chi darajali, umumiy va konkret me‘yorlar.
    Tashkil bo„lish va qayd etish shakliga ko‗ra qat‘iy belgilangan, qat‘iy
    qayd etilgan va o‗zgaruvchan, egiluvchan me‘yorlar.
    Qo„llanish ko‗lamiga ko‗ra me‘yorlar umumiy va mahalliy me‘yor-
    larga bo‗linadi.
    Ta‟minlanish usuliga ko‗ra ichki ishonch, jamoatchilik fikri yoki maj-
    burlash, davlat apparati kuchiga tayanuvchi me‘yorlar.
    Funksiyasiga ko‗ra baholovchi, yo‗naltiruvchi, nazorat qiluvchi, jazo-
    lovchi, rag‗batlantiruvchi me‘yorlar.
    Barqarorlik darajasiga ko‗ra ijtimoiy ko‗nikmalar, urf-odatlar, an‘ana-
    larga tayanuvchi va aksincha, shunday asosga ega bo‗lmagan me‘yorlar.
    Aksariyat hollarda ijtimoiy me‘yordan chetga chiquvchi xulq-atvor ijti-
    moiy sanksiyalar yordamida tartibga solinadi. Me‘yordan chetga chiqish-
    ning epizodik shakllari kishilar orasidagi o‗zaro ta‘sir tartibining buzilishi
    bilan bog‗liq va jamoatchilik fikri tomonidan qayd etiladi va o‗zaro ta‘sir
    ishtirokchilari tomonidan tahrir qilinadi. Ijtimoiy me‘yordan chetga chi-
    qishga qarshi kurash usuli va vositalari ijtimoiy ong va hukmron elita to-
    monidan chetga og‗ish qay darajada xavfli ekanligiga qarab, belgilanadi.
    Ko‗pincha, ijtimoiy me‘yordan kuchli chetga og‗ish tizimning rivoj-
    lanish vositasi bo‗ladi va u konservativ va reaksion xulq-atvor standart-
    laridan voz kechishga yordam beradi, ya‘ni pozitiv o‗rin tutadi.



    80


    Download 312,51 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.