84
1) hech qanaqa muammo yo‗q holat, bunda holat hech qanday
qaror qabul qilishni talab qilmaydi;
2) muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo‗lsa-da, uning
yechimi ham ijtimoiy me‘yorlarda ko‗rsatilgan holat;
6) mavjud muammoni subyekt ijtimoiy me‘yorlar doirasida hal
qila olmaydigan holat;
7) muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo‗lmaydigan holat.
Ushbu turlicha holatlar keng ko‗lamda biridan ikkinchisiga o‗tib tu-
radi.
Muammoli vaziyatning mazmuni subyektning individual maqsad-
lari bilan jamiyat manfaatlari orasidagi
maqsadlar va unga erishish-
ning mumkin bo‗lgan vositalari orasidagi, faoliyatning kutilayotgan
oqibatlari va uning qo‗shimcha natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi,
shuningdek ijtimoiy me‘yor talablari va shaxs xususiyatlari orasidagi
ziddiyatlarning (ko‗pincha o‗ylab chiqarilgan) paydo bo‗lishidan ibo-
ratdir.
Jamiyat a‘zolari shaxsiy nuqtayi nazarlarining shakllanishida, ular-
ning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tar-
kib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar,
tashkilotlar rahbarlariiing o‗rni va roli kattadir. Ba‘zi odamlarga ortiq-
cha imtiyozlarning berilishi juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday
holatlarda
ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va meh-
nat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himo-
ya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me‘yorlarini buzishi
qat‘iy qoralanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‗z-
o‗zini o‗ldirishlar bilan bog‗liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi
va sotsial oqibatlariga ko‗ra mohiyatan farqli jihatlarga ega.
Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishidan devi-
ant xulqi turmush tarzining uzviy bo‗lagiga aylanib ketishidan iborat bo‗-
ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila
va atrof-muhitdan norozilik,
ishdagi tushunmovchiliklar va hokazolar – bularning barchasi subyekt
ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o‗zgartirishga urinadi.
Bu o‗rinda ijtimoiy institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan, ziddiyatlar
rivojlanishining oldini oluvchi va ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy na-
zorat tizimlari ham salbiy rol o‗ynaydi.
Bularning
ikkinchi farqli jihati, yuqoridagi holatlarni hal qilishning
ma‘lum qiyinchiliklarga egaligidir. Ma‘lumki, har qanday holatda ham,
ko‗p ―qurbon‖ berib bo‗lsa-da, to‗g‗ri yechimga erishish mumkin. Lekin
hamma gap shundaki, subyekt ―qurbon‖ bera oladimi: xotini (yoki eri)
85
bilan ajralib keta oladimi, yangi kasbga ega bo‗la oladimi yoki yo‗qmi?
Qat‘iy qarorga kela olmay, ko‗pincha subyekt ―o‗rinbosar‖ vositalarga,
ichkilik va giyohvand moddalarga murojaat etadi.
Bunday holatlarning farqi shundaki, ko‗pincha subyekt ularni hal
qilishning noto‗g‗ri yo‗llarini tanlaydi. Oilaviy va ishdagi janjallar odatga
aylanib qolganda, bundan ―qutulishning‖ noto‗g‗ri xayoliy yo‗llari, ichki-
likbozlik, giyohvand vositalar va boshqalarga murojaat etiladi.
Biroq bu
yo‗l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini zararlantirishga olib
keladi.