7.2. Deviant va delinkvent xulq-atvor, ularning shakllari va mohiyati
Jamiyatning me‘yoriy tizimi o‗zgaruvchan xarakterga ega. Jamiyat
rivojlanishi bilan me‘yorlarning o‗zi ham, ularga bo‗lgan munosabat ham
o‗zgarib boradi. Me‘yordan chetga chiqish, me‘yorning buzilishi tabiiy hol
hisoblanadi. Me‘yorlarni to‗la qabul qilish konformizm deyilsa, me‘yordan
chetga chiqish deviatsiya, deviant xulq-atvorning turli ko‗rinishlarida ifo-
dalanadi. Jamiyat har doim inson xulq-atvorining noma‘qul ko‗rinishlariga
qarshi chiqqan. O‗rtacha me‘yordan chetga chiqish, u xoh, ijobiy tomonga,
xoh salbiy tomonga bo‗lmasin jamiyatning barqarorligiga xavf solgan.
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab
E.Dyurkgeym maxsus o‗rgangan bo‗lsa-da, jamiyatning eng qadimiy mu-
ammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar uzoq davrlardan
shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xusu-
san, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy meyorlar
bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi Yunon va Rim faylasuflari
ham o‗z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar.
O‗rta asrlarda axloq me‘yorlari diniy qarashlar ta‘siri ostiga rivojlandi
va ulardan chekinish diniy nuqtayi nazardan baholangan. Yevropada xris-
tian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‗lsa, sharq dunyosida axlo-
qiy-huquqiy me‘yorlar va ular haqidagi ta‘limotlar islom falsafasi ta‘sirida
rivojlandi.
XVIII-XIX asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi
axloq me‘yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‗may qoldi. XVIII
asr mutafakkirlari ijtimoiy meyor va undan chekinish muammosini yanada
chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, B.S.Gel-
vetsiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furiyelar o‗z ilmiy izlanishlarida
ijtimoiy me‘yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‗lgan qonuniyatlarni to-
pishga intildilar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy
fanlar taraqqiyotiga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Xususan, sotsiologiyada
ijtimoiy me‘yordan og‗ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta‘limot –
E.Dyurkgeymning «anomiya» g‗oyasi yaratildi. Anomiya – (fransuzcha
so‗z bo‗lib, individual va ijtimoiy ongning shunday holatiki, bunda butun
jamiyat, uning ijtimoiy institutlari inqirozga uchrab, ijtimoiy maqsadlar va
ularni amalga oshirish o‗rtasida ziddiyatlar vujudga kelganda qadriyatlar
tizimi parchalanib ketadi).
Ma‘lumki, sotsiologiyaning fan bo‗lib shakllanishida ijtimoiy pato-
logiya omiliga e‘tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
81
E.Dyurkgeymning to‗rtta asari chop etilgan bo‗lib, shulardan biri «O‗z jo-
niga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‗ishlangan edi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o‗rin tutuvchi ta‘limotlardan biri
E.Saterlendning differensial aloqalar ta‘limotidir. Bunga ko‗ra, har qanday
xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‗rganiladi, ya‘ni mav-
jud jamiyat a‘zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga ko‗rsatiladi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiq-
qan ta‘limot sotsiologiyada yetakchi o‗rin tutadi. E.Dyurkgeymning ano-
miya g‗oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta‘-
rif beradi: ―Deviant xulq-atvor jamiyatda e‘lon qilingan qadriyatlar va ras-
miy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud
imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir‖.
Deviant xulq-atvor yozilgan va yozilmagan me‘yorlarga mos kelmay-
digan har qanday xatti-harakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jami-
yatlarda an‘analardan chetga chiqish jiddiy xato, nojo‗ya ish kabi keskin
qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham,
ko‗rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo‗ladi.
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‗ular, fikr va xatti-
harakatlar turli-tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa
hech qanday natija bermagan, ya‘ni deviatsiya yanada yorqinroq ifoda-
lanishi mumkin. Masalan, 80-yillarda yoshlar G‗arb modellariga taqlid qil-
gan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan.
Ko‗p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‗ladi: yomon to-
monga og‗ish qoralanadi, yaxshi tomonga og‗ish qo‗llab-quvvatlanadi. Ja-
miyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo‗lishi mumkin (bunga
o‗g‗rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan,
mumkin bo‗lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharo-
itda me‘yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e‘tibor berish kerak.
Deviant xulq-atvor turlari ko‗p bo‗lib, ularga oddiy, elementar tartib bu-
zishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi.
Tor ma‘noda deviant xulq-atvor deganda qonunga qarshi bo‗lmagan
me‘yordan chetga chiqishlar tushuniladi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‗ri-
nishlaridan hisoblanadi:
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‗rnatilgan qonun va me‘yorlarga
nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati tufayli jinoiy faoliyat kelib
chiqadi, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi;
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar
82
mavjud: 1) Alkogolni ba‘zida iste‘mol qilish. 2) Alkogolni ko‗p iste‘mol
qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, ya‘ni haftada bir martadan bir ne-
cha martagacha yoki birvarakayiga o‗rtada tanaffus bilan ko‗p miqtorda
(200 ml.dan oshiq) ichish. Bu ko‗pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Al-
kogolizm – spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‗rganib qolish bilan
tavsiflanuvchi kasallik;
v) giyohvandlik. Giyohvandlik moddalari yoki unga tenglashtirilgan
vositalarga muntazam ruju qo‗yish va iste‘mol qilish.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunda zid ravishda
ishlab chiqarish hamda ular bilan savdo qilish qonun bilan taqiqlanadi.
g) byurokratiya. ―Byurokratiya‖ iborasi ―hokimiyatga ega bo‗lgan xo-
dim‖ ma‘nosini anglatadi. Biroq davrlar o‗tishi bilan ―byurokratiya‖ ma-
halliychilik, qog‗ozbozlik, to‗rachilik, mansabni suiiste‘mol qilish kabi sal-
biy ma‘nolarda qo‗llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‗plab davlatlarda bu
ibora asl ma‘nosini yo‗qotib, boshqaruvdagi o‗ziga xos idoraviy salbiy us-
lub tarzida tushuniladi.
Deviatsiyaning sabablari nimada? Zamonaviy sotsiologiyada jamiyat-
ning maqsadlari va shu maqsadlarni amalga oshirishning ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlaydigan vositalari o‗rtasidagi uzilish deviatsiyaga olib keladi, deb
hisoblanadi. Amerikalik sotsiolog R.Merton bunga muvofiq; ravishda ja-
miyatga moslashish deb hisoblangan xatti-harakat turini ajratib ko‗rsatadi.
Merton buni amerikaliklarning boylikka ega bo‗lishi maqsadlari muam-
mosini tahlil qilish orqali tushuntiradi. Uning fikricha, xatti-harakatning
quyidagi turlari mavjud:
1) konformlik – madaniy maqsadlar va vositalarga muvofiqlik, ya‘ni
boylikka ega bo‗lish uchun ishlash, o‗qish, biznes qilish yoki me‘ros olish
kerak;
2) innovatsiya – maqsadlarni tan oladi, lekin shu maqsadga erishish-
ning ijtimoiy qo‗llab-quvvatlanadigan vositalarini inkor etadi (reket, nar-
kotik sotish, o‗g‗rilik kabilar);
3) ritualizm – maqsadni inkor etib, shu maqsadga erishishning jamiyat
tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan vositalarini ma‘qullaydi (byurokra-
tizm, rasmiylikni mutlaqlashtirish);
4) retretizm – ham maqsad, ham vositani inkor etadi. (daydilik, narko-
maniya). Retretizm jamiyatdan tashqarida qolgan kishilarga xos.
5) isyon – hukmron maqsad va vositalardan begonalashuv hamda
yangi maqsad va vositalarning shakllanishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy me‘yorlarning buzilishi jiddiy, nojiddiy, ongli yoki anglan-
83
magan holda bo‗lishi mumkin. Qonunga to‗g‗ri kelmaydigan xatti-harakat
toifasiga kiruvchi ongli yoki anglab etilmagan barcha jiddiy xatti-hara-
katlar delinkvent deyiladi.
Deviant va delinkvent xatti-harakat quyidagicha farqlanadi: deviant
xatti-harakat nisbiy, delinkvent xatti-harakat mutlaq bo‗ladi. Jinoyatlarga
o‗g‗rilik, firibgarlik, vandalizm, sanoat josusligi, qimor o‗ynash, o‗t qo‗-
yish, qalbaki hujjatlar tayyorlash, poraxo‗rlik kabilar kiradi. Delinkvent
xatti-harakat mamlakatdagi qonunlarga nisbatan mutlaq bo‗ladi.
|