86
8-bob. AMALIY SOTSIOLOGIK TADQIQOTLARNI
TASHKIL ETISH VA UMUMLASHTIRISH
8.1. Sotsiologik tadqiqotlar dasturi
Sotsiologik tadqiqotlar bo‗lajak izlanishlarning ilmiy asoslangan reja
va dasturini tayyorlashdan boshlanadi. Dastur haqiqatan kelib chiqqan va
ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlangan bo‗lishi lozim. Zero, tadqiqot nati-
jalari qanday bo‗lishi ana shu omillarga bevosita bog‗liqdir.
Dastur bo‗lajak tadqiqot materiallarini to‗plash, qayta ishlash va ma‘-
lumotlarni tahlil qilishni o‗z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy
muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot obyekti va predmetini belgilash,
maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni bel-
gilash, usullarni aniqlash, ma‘lumotlarni to‗plash va tahlil etish rejasini
tuzib olish kabi qismlarni o‗zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur,
asosan ikki katta bo‗lim, ya‘ni nazariy-metodologik va amaliy uslubiy bo‗-
limlardan iboratdir.