• Ogohlantirish ssenariysi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet48/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Kafolatlangan natija prinsipi maxsus iyerarxik strukturali vaziyatda
    qaror qabul qilishga qaratilgan. U quyidagi xususiyatlarga ega. Tahlil mar-
    kaz nuqtayi nazaridan o‗zi uchun eng salbiy va noqulay hisoblangan hudu-
    dni tanlash orqali amalga oshiriladi Bunday noqulay vaziyatda markaz
    o‗zining maqsadli funksiyasini maksimallashtirishga harakat qiladi. Mar-
    kaz, tabiiy ravishda, boshqarish strategiyasiga ega. Bu imtiyoz markazga
    qo‗shimcha imkoniyatlar beradi.
    Avvalo, markazning funksiyalanishi hududlarga ma‘lum bo‗lgach, ular
    o‗z maqsadlarini aniq bir vaziyatda amalga oshiradilar. Shuning uchun
    ham, markaz strategiyani tanlashda noaniqlikni kamaytiradi, natijada hu-
    dudlar maqsadli funksiyasini maksimallashtiradigan boshqarish strate-
    giyasini tanlaydi.
    Ikkinchidan, hududlar o‗zining boshqarish strategiyasidan manipul-
    yatsiya uchun foydalanishlari mumkin. Masalan, noto‗g‗ri axborot uzatish,
    boshqa manipulyativ texnologiya refleksiv strategiyani qo‗llagan bo‗lib,



    103
    bunda markazning boshqarish strategiyasini tanlashi hududlar tanloviga


    bog‗liq. Aytaylik, vazifani bajarganlik uchun mukofot, shartni buzganlik
    uchun jarima solish, ishlab chiqarish dasturiga qarab resurslarni ajratish va
    hokazo.
    Bunday manipulativ texnologiyadan markaz hududlariga ta‘sir ko‗r-
    satish vositalariga ega bo‗lgandagina foydalaniladi.
    Kafolatlangan natija prinsipi boshqarishning iyerarxik strukturasida qa-
    ror qabul qilishdagi eng umumiy yondashuvdir.
    Ogohlantirish ssenariysi. Optimallikning ushbu prinsipi o‗zaro tah-
    did solish orqali vaziyat barqarorligini ta‘minlashga imkon beradi. Ayrim
    ishtirokchiga tahdid solish shuni bildiradiki, agar u barcha ishtirokchilar
    tomonidan barqarorlashtiriladigan vaziyatga olib keluvchi strategiyadan
    chetga chiqmoqchi bo‗lsa, unga shu vaziyatda olishi mumkin bo‗lgan mab-
    lagni olishga yo‗l bermaydilar. Barcha subyektlar tahdid solishdan foyda-
    lansalar, unda ogohlantirish ssenariysi vujudga keladi, ya‘ni barcha ishti-
    rokchilar bir-birini barqarorlashtirilayotgan vaziyatdan chetga chiqishdan
    ogohlantirib turadilar.
    Aytib o‗tish kerakki, tahdid solish har doim ham samarali bo‗laver-
    maydi, bunda ―chetga chiquvchi‖ni jazolash uchun ishtirokchilar o‗zlari-
    ning shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga majbur bo‗ladilar. Shuning
    uchun ham, ogohlantirish, ya‘ni «chetga chiquvchi»ning maqsadli funksi-
    yanilarini minimallashtirish emas, balki boshqa ishtirokchilarning maq-
    sadli funksiyalarini maksimallashtirish ham katta ahamiyat kasb etadi.

    Download 312,51 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.