• Muvozanat va tartibga solinadigan muvozanat.
  •  Federal va hududiy itstisodiy siyosatda ijtimoiy




    Download 312,51 Kb.
    bet47/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    9.3. Federal va hududiy itstisodiy siyosatda ijtimoiy 
    texnologiyalarning roli 

    Federal markaz va hududlar o‗rtasida ayrim iqtisodiy va boshqa das-


    turlarni amalga oshirishdagi o‗zaro munosabatda markaz yuqoridan o‗rin
    olgan bo‗lib, qator ustuvorlik va imtiyozlarga ega, hududlar esa boshqa-
    rishning quyi darajasida joylashgan.



    101
    Maqsadga erishish va dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun


    markaz quyidagi harakat prinsiplarini amalga oshiradi:
    1) muvozanat va tartibga solinadigan muvozanat;
    2) Pareto bo‗yicha optimallik;
    3) kafolatlangan natija prinsipi;
    4) ogohlantirish ssenariysi;
    5) quyi darajadagi parametrlarni markazning aniq bilmasligi bo‗yi-
    cha boshqarish;
    6) kooperativ tarzda birgalikda qaror qabul qilish.
    Muvozanat va tartibga solinadigan muvozanat. Har bir subyekt
    o‗z maqsadiga erishish uchun muayyan resurs va imkoniyatlarga ega
    bo‗ladi; mavjud variantlardan ma‘lum bittasini tanlash uning strategiya
    (boshqarish) sini belgilaydi. Barcha subyektlar o‗z strategiyasini tanla-
    gach, hamma maqsadli funksiyalarning ahamiyati ma‘lum bo‗lgan va-
    ziyat vujudga keladi. Subyektlarning o‗zaro ta‘siri va aloqasi shu bilan
    belgilanadiki, hamma ishtirokchilar faqat o‗z strategiyasiga ega bo‗la-
    di, maqsadli funksiyalarning ahamiyati esa qolgan subyektlariga te-
    gishli strategiyani tanlashiga bog‗liq. Muvozanatli konsepsiyaning
    mohiyati jamoa bo‗lib qaror qabul qilishda, ishtirokchilarning birortasi
    uchun muvozanatli strategiyadan yakka holda chetga chiqish ijobiy rol
    o‗ynamaydi. Muvozanatli konsepsiya ko‗p subyektlar faoliyat ko‗r-
    satgan vaziyatda qaror qabul qilish uchun eng keng tarqalgan vosita
    hisoblanadi. Masalan, mamlakatdagi biror bir shahar hokimiyatida bir
    tomonlama tartibda qaror qabul qilish maqsadga muvofiq emas.
    Tartibga solinadigan muvozanatdagi boshqarishning iyerarxik
    strukturasi va uning yuqori darajasidagi markaz katta ahamiyatga ega.
    Markaz va hududlardan iborat boshqarish strukturasi bo‗shliqda
    emas, balki muayyan tashqi muhitda faoliyat ko‗rsatadi. Aksariyat hol-
    larda, markaz chetdagi hududlarga qaraganda tashqi muhit parametrlari
    haqida ko‗proq ma‘lumotga ega. Markaz hududlarni mavjud axborot
    bilan tanishtirishi mumkin, lekin barcha narsa haqida gapirishi shart
    emas. Masalan, xomashyoni eksport qilishda davlat hududlardan uni
    arzonga olish uchun tashqi bozordagi narx-navoni kamaytirib ko‗rsa-
    tishi mumkin. Shunday qilib, hududlarga axborotni uzatish markaz-
    ning strategik boshqaruvi bo‗ladi, bunday strategiya axborotni tartibga
    solish deyiladi.
    Axborotni tartibga solish natijasida muvozanatli vaziyat vujudga
    kelsa, u tartibga solinadigan muvozanat vazifasi hisoblanadi. Axborotni



    102
    o‗zgartirib ko‗rsatish markaz uchun ham, hududlar uchun ham foydali


    bo‗ladi, chunki muvozanatdagi ―qalbaki‖ vaziyatda maqsadli funksi-
    yanining ahamiyati oshadi. Bunday boshqarish g‗oyasi (yaxshilik uchun
    yolg‗on so‗zlash)ni xomashyoni eksport qilish masalasiga ham tatbiq
    etish mumkin: agar hududlar tashqi talabdagi baholardan xabardor bo‗l-
    masa, ularning har biri ko‗proq xom ashyo topishga harakat qiladi, nati-
    jada xom ashyoning narxi pasayadi. Tashqi talabning markaz tomonidan
    kamaytirib ko‗rsatilishi narxni yuqori darajada ushlab turishga imkon
    beradi, bu esa barcha ishtirokchilar uchun foydadan holi emas.
    Pareto bo‗yicha optimallik g‗oyasi ko‗plab subyektlar bilan bo‗lgan
    vaziyatda qarorlarni baholashda qo‗llaniladi. Ishtirokchilardan biri boshqa
    ishtirokchilar hisobiga ko‗proq narsaga ega bo‗lsa, bunday vaziyat Pareto
    vaziyati deyiladi Federal dotatsiyalarni hududlar orasida taqsimlash Pareto
    shartiga ko‗ra quyidagicha bo‗ladi: biron-bir hududning dotatsiyalarni
    oshirish haqidagi talabning markaz tomonidan bajarilishi boshqa bir hudud
    hisobiga amalga oshiriladi. Agar taqsimlanish Pareto optimalligiga ko‗ra
    bo‗lmasa, masalan, markaz tomonidan rejalashtirishdagi xatolik o‗tgani tu-
    fayli hududlar qo‗shimcha ravishda o‗z talabini qo‗yishi mumkin.
    Aniq iqtisodiy dasturni tahlil qilishda mablag‗ va vositalarni hududlar
    orasida taqsimlashning bir qancha pareto-optimalligi bo‗lib, markaz bunda
    qo‗shimcha dalillarga, aniqrog‗i, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga alohida e‘tibor
    berishi mumkin. Masalan, tabiiy ofat yoki talofot ko‗rgan hududlarga alo-
    hida yordam ko‗rsatiladi.

    Download 312,51 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Federal va hududiy itstisodiy siyosatda ijtimoiy

    Download 312,51 Kb.