O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet49/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

Quyi darajadagi parametrlarni markazning aniq bilmasligida
boshqarish. Ushbu vaziyat tartibga solinadigan muvozanatda tahlil qilingan
vaziyatga qarama-qarshi turadi, ya‘ni markaz hududlar, ularning muam-
molari va imkoniyatlari haqida aniq ma‘lumotga ega emas.
Bunday sharoitda noma‘lum parametrlar to‗g‗risida axborot almashuv
imkoniyatlari katta ahamiyatga ega, chunki u markazning ham, hudud-
larning ham faoliyatini oshiradi. Ko‗pincha, muvofiqlashtirilgan boshqaruv
katta amaliy natija beradi, bunda markaz turli hududlardagi shart-sharoit
haqidagi ma‘lumotlarni aniqlashtirib boradi. O‗zbekistonda sust axborot
infrastrukturasi sharoitida ushbu vaziyatni konseptual o‗rganish va mos
keluvchi qaror qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish juda ham muhim-
dir.
Kooperativ tarzda (birgalikda) qaror qabul qilish avvalgi barcha
qarashlardan farq qiladi. Ularda subyektlar bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan
holda, mustaqil ravishda o‗zlarining individual faoliyatini maksimallash-



104
tirish uchun maqsad strategiyasini tanlagan bo‗lsa, ushbu oxirgi qarashda


ishtirokchilar birdamligi birinchi o‗ringa chiqadi. Ishtirokchilar o‗zaro
moddiy va axborot resurslarini almashib, olingan daromadni o‗rtada bo‗la-
dilar. Yangi koalitsiyaning daromadi ikki subyektlar daromadining oddiy
yig‗indisi bo‗lib qolmaydi, balki yangi birlashmaning xususiyatlari hiso-
biga yanada katta bo‗ladi. Bu esa emerjent samarasi deyiladi.
Mazkur optimallik prinsipida daromadni taqsimlashda bir qator shart-
larga rioya qilish talab qilinadi:
– har bir ishtirokchi daromad taqsimotida mustaqil faoliyat yuritganda
oladigan daromadidan kam ulush olmasligi kerak;
– birlashma daromadlari ishtirokchilar orasida qoldiqsiz taqsimlanadi
(Paretoga ko‗ra optimallik).
Bu talablarning mohiyati shundaki, biron-bir subyekt uchun individual
ratsionallik prinsipi bajarilmasa, uning bunday taqsimotda ishtirok eti-
shiga hojat qolmaydi. Agar Paretoga ko‗ra optimallik bajarilmasa, u qan-
daydir yashirin imkoniyatlar borligidan dalolat beradi.
Shuni aytib o‗tish kerakki, amalda, ko‗pincha, taqsimotga keng ma‘-
noda qarash kerak, ya‘ni taqsimotning konkret variantini tanlash uchun
qo‗shimcha tahlillarga e‘tibor qaratish lozim.
Birgalikda qaror qabul qilish bundan avvalgi prinsiplarga qaraganda
ancha yuqori darajadadir. Markaz hududlar bilan axborot, moliyaviy va
boshqa resurslarni hamda hamkorlikda qaror qabul qilishni muvofiq-
lashtirolsa, emerjent samarasini olish imkoniyatlari paydo bo‗ladi. Afsuski,
ko‗pincha xudbinlik va separatistik tendensiyalar oqilona fikr yuritishdan
ustun turadi, bunda hududiy boshqarishning ijtimoiy texnologiyalari mu-
him rol o‗ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, ko‗rib chiqilgan muammo aspektida ijtimoiy
texnologiya deganda, barcha hududlar manfaatlarini hisobga olgan holda
federal dasturni amalga oshirishga qaratilgan usullar va marosimlar maj-
muyi tushuniladi.
Iqtisodiy munosabatlar sohasida ijtimoiy texnologiyaga federal, hudu-
diy va mahalliy budjet tomonidan yig‗ilgan soliqlarni taqsimlashni misol
qilishimiz mumkin. Ma‘lumki, hududiy va mahalliy budjet hisobiga katta
foizda mablag‗ ajratilishi soliq yig‗ishni rag‗batlantiradi, aksincha, mar-
kazning tushumni o‗zlashtirishi hududlarning daromadni yashirishiga, oqi-
batda, federal budjetdagi kamomadga sabab bo‗ladi.



105


Download 312,51 Kb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.