Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish




Download 312,51 Kb.
bet46/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

9.2. Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish 

Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish katta ahami-


yatga ega bo‗lib, u quyidagi sabablar bilan bog‗liq.
Hududiy iqtisodiyotda murakkab hududiy strukturalar uchun maqsadni
shakllantirish asosiy konseptual – uslubiy muammolar qatoriga kiradi.
1
Дудченко В.С., Макаревич В.Н. Социоинженерная деятельность, социальное проектирование, социальная
технология. // Социология – М.: 1989, c.166-167.



99
Global darajada hududiy fanning maqsadli parametrlari inson mavjudligi


va jamiyat faoliyatining me‘yoriy maqsadlari hamda ontologik katego-
riyalari bilan birlashadi. Qo‗yilgan maqsadlar uni amalga oshirish uchun
muvofiq bo‗lgan tizimda namoyon bo‗ladi va moddiylashadi.
Shuning uchun ham, bu maqsadlarni o‗z vaqtida va bexato qidirib
topish va konkretlashtirish muhimdir. Chunki hududiy rivojlanish maqsad-
lari bozor iqtisodiyoti maqsadlari bilan to‗g‗ri kelmaydi. Hududiy maqsad-
larda insoniyatning ko‗p asrlik global intilishlari aks etgan.
1
Zamonaviy hududiy dasturlash va tartibga solishga muvofiq maqsadli
dasturlarda uch asosiy turdagi pirovard maqsadlar qo‗yilgan bo‗lishi kerak.
Birinchi tur ishlab chiqarishni oqilona joylashtirishga qaratilgan U re-
surslarning yangi turlarini xo‗jalik aylanmasiga jalb qilish va ulardan
samarali foydalanish, hududiy xo‗jaliklarni ixtisoslashtirish, turli majmua-
larni shakllantirish, shahar va qishloqlarni to‗g‗ri joylashtirishni o‗z ichiga
oladi.
Ikkinchi tur mamlakatning turli hududlarida bir xil ijtimoiy-iqtisodiy
yashash tarzini ta‘minlashga yo‗naltirilgan. Bu esa turli hududlarda daro-
mad va bandlik darajasi hamda ishsizlikning salbiy oqibatlarini kamay-
tirish, mehnat resurslarini kerakli yo‗nalishga ko‗chirishni rag‗batlantirish,
kam rivojlangan hududlar degradatsiyasining oldini olish bilan bog‗liq.
Uchinchi tur resurs – iqtisodiy maqsadlari hisoblanadi. U tabiiy resurs-
lardan ishlab chiqarishda foydalanishning oqilona ko‗lamini o‗rnatish, ta-
biatga salbiy antropogen ta‘sirni bartaraf qilish yoki kamaytirish, turizm va
aholining hordiq chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishga yo‗naltirilgan.
Ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat hayot faoliyati rivojlanishining
obyektiv talablaridan kelib chiqadigan ushbu maqsadlar hududiy das-
turlarning ko‗p maqsadli va kompleks xarakterini belgilaydi.
Ko‗p tadqiqotchilar hududiy rivojlanishni hudud iqtisodiy imkoniyat-
lari o‗sishiga tenglashtirishni rad etganlar. Hududiy rivojlanish hudud tu-
man faoliyati tartibi sifatida talqin qilinadi. U aholi yuqori turmush darajasi
parametrlarining ijobiy rivojlanishiga hamda hududning ijtimoiy, xo‗jalik,
resurs, ekologik imkoniyatlarini muvozanatli qayta ishlab chiqarishga yo‗-
naltirilgan.
Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshqarish hududiy da-
rajasining asosiy vazifasi – ijtimoiy masalalar ustuvorligi, iqtisodiy va ij-
timoiy rivojlanish uyg‗unligi, birliga hisoblanadi. Demak, har bir qabul qi-
linayotgan qaror o‗zining kishilar yashash sharoitiga ta‘sir ko‗rsatishi
1
Матрусов Н.Д. Регионалное прогнозирование и регионалное развитие. России.– М.: 1995, с.17.



100
nuqtayi nazaridan baholanishi kerak. Yana shuni qayd etish kerakki, ijti-


moiy masalalarni oldinma-ketin hal qilish ularning hududning iqtisodiy ri-
vojlanish samaradorligiga ta‘sir etish darajasiga ko‗ra ham baholanishi
lozim.
Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda iqtisodiy
tashxis (diagnostika) katta ahamiyat kasb etadi, u hududning ijtimoiy-iqti-
sodiy imkoniyatlarini atroflicha tahlil qiladi va unga baho beradi.
Hududiy xo‗jalikni tartibga solish va boshqarish iqtisodiy mexanizmi-
ning maqsadli modeli hududiy iqtisodiyot rivojlanishining faqatgina qayta
ishlab chiqarish emas, balki muammoli aspektini ham o‗z ichiga oladi.
Birinchi marotaba hudud muammosini hal qilishga dasturiy-maqsadli
munosabat AQSHda Tennessi daryosi vodiysidagi ―falokat rayonlari‖ning
iqtisodiyotini ko‗tarish bo‗yicha keng miqyosdagi davlat tadbirini amalga
oshirishda qo‗llanildi. Ushbu hudud va mamlakat ilg‗or shtatlari orasidagi
iqtisodiy tafovutni bartaraf etish ―Tennessi dasturi‖ning bosh maqsadi
bo‗lgan. Tennessi daryosi vodiysini boshqarish federal agentligining asosiy
vazifasi – Tennessi daryosi havzasini tartibga solishning yagona tizimini
tashkil etish, daryoda kemalar qatnovi sharoitini yaxshilash, o‗rmonlar ya-
ratish va hududda yerning ahvolini yaxshilash, elektr energiyasi ishlab chi-
qarishni rivojlantirishdan iborat.
Ko‗plab zamonaviy ijtimoiy-madaniyat institutlarning faoliyati zamo-
naviy progressiv ijtimoiy texnologiyalar uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Odatda ular sharoitga qarab, qator omillar hududdagi maorif, madaniyat,
san‘at, sport markazlarining mavjudligi, aholining ijtimoiy hordiq chiqa-
rishi xarakteri hamda ularni amalga oshirish sharoitlari, hududdagi ijti-
moiy-demografik, iqtisodiy, etnik va boshqa vaziyat bilan bog‗liq ravishda
shakllanadi.
Hududiy rivojlanish maqsadlari bozor iqtisodiyoti maqsadlari bilan bir
xil emas, chunki ularda insonning ontologik, ko‗p asrlik intilishlari mujas-
samlanadi. Hududiy rivojlanishning umumjahon an‘analari jamiyatning
qadriyatga oid ko‗rsatmalari va strategik vazifalariga yo‗naltirilgandir.


Download 312,51 Kb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish

Download 312,51 Kb.