O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet42/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

8.2. Sotsiologik tadqiqot usullari 

Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng ko‗p tarqalgani


so„rov usulidir. So‗rov usulining qulayligi shunda namoyon bo‗ladiki, tad-
qiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar
qo‗llashi mumkin bo‗lsa, so‗rov usulida tadqiqot o‗tkazishga qisqa mud-
datli tayyorgarlikdan o‗tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yorda-
mida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. So‗rov usu-
li boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko‗lamini
kengaytirishda so‗rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo‗llanil-
ganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamla-
kat miqyosida ham tadqiqot o‗tkazish mumkin. Kuzatish usuli faqat hozir-
gi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma‘lumot bersa, so‗rov usuli
respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatidan ko‗z-
lagan niyatlari, o‗tgan davrda qilgan va hozir qilayottan ishlari, kelajakka
mo‗ljallagan rejalari to‗g‗risida batafsil ma‘lumot olish imkonini beradi.
Ayniqsa, kishining his-tuyg‗ulari, kechinmalari, harakat motivlari to‗grisi-
da ma‘lumot to‗plash kerak bo‗lganda, bu usul qo‗l keladi, chunki bu
hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo‗lib, ularni kuzatish usuli bilan
aniqlab bo‗lmaydi.
So‗rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi sa-
vol beradi va respondent o‗zining dunyoqarashi, ma‘lumoti, bilimi va xo-
hishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga
savol berishdan avval o‗zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Va
savollar quyidagilar:
1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?
2. Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo‗qmi?
3. Respondent qo‗yilgan savollarga javob bera oladimi, yo‗qmi?
4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qanday tarzda,
shaklda berish kerak?
Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaf-
faqiyatli chiqishini ko‗p jihatdan ta‘minlagan bo‗ladi.



89
To‗plamning kerak bo‗lgan ma‘lumot xarakteri va uni to‗plash usuliga


qarab so‗rovlar ikki turga bo‗linadi:
1. Anketa so‗rovi.
2. Intervyu.
Savol berilishi mumkin bo‗lgan odamlar yoki potensial respondent-
larni qay darajada qamrab olishiga qarab so‗rovlar yana ikki turga bo‗li-
nadi:
1. Yalpi so‗rovlar.
2. Tanlab o‗tkaziladigan so‗rovlar.
Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so‗rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so‗-
rov singari turlari ham mavjud.
Sotsiologiyada keng qo‗llaniladigan usullardan biri intervyu bo‗lib, u
anketa bilan ko‗p umumiylikka ega. Anketada savollar yozma tarzda beril-
sa, intervyuda og‗zaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita
muloqotni taqozo qiladi. Intervyuning oddiy suhbatdan farqi yana shunda-
ki, suhbatdoshlar bir-birini qiziqtirgan masalalalar to‗g‗risida gap yuritsa,
intervyu jarayonida faqat bir tomon — tadqiqotchi savol va respondent
javob beradi. Intervyu bilan oddiy suhbat o‗rtasida tafovut yana shunda
ko‗rinadiki, suhbatdoshlar, odatda, tanish odamlar bo‗ladi, intervyu esa de-
yarli ikki notanish odamning suhbatidir.

Download 312,51 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.