O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




Download 312,51 Kb.
bet41/53
Sana06.02.2024
Hajmi312,51 Kb.
#152219
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

Nazariy-metodologik bo‗lim mavzu tanlash, tadqiqot obyektini xarak-
terlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qism-
larni o‗z ichiga olsa, amaliy-uslubiy bo‗lim ma‘lumotlarni to‗plash usul-
larini bayon etish, yig‗ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tav-
siyalar singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi.
Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish mu-
himdir. Birinchidan, ishlab chiqilgan nazariy umumlashmalardan real tad-
qiqot jarayonlariga o‗ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yi-
g‗ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bi-
lish, ko‗nikmalarga ega bo‗lish ana shu talablar mazmunidir. Bu ikki talab-
ga rioya qilish, bir jihatdan, sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni tizimli yo‗l-
ga qo‗yish, jamiyat ijtimoiy muammolarini tadqiq etish ishlarini uzluksiz
amalga oshira borishni ta‘minlasa, ikkinchi jihatdan, ilm-fanning turli so-
halarini uzviy rivojlana borishi uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim ahamiyat kasb etib,
tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo‗nalishlarda borishini ko‗rsatadi.
Maqsadning amalga oshirilish jarayonida tadqiqotchi uch an‘anaviy vazi-
fani o‗z oldiga qo‗yadi. Avvalo, mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha
tadqiq etish, ikkinchidan, bu ilmiy-amaliy mavzuning boshqa ilm va hayot
jabhalari bilan nechog‗lik bog‗liqligi, ularga ta‘siri masalalarini o‗rganish
va nihoyat, uchinchidan, ijtimoiy ziddiyatli holatlardan chiqishning man-
tiqli asoslangan yo‗llarini belgilab berishdan iborat.



87
Sotsiologik tadqiqotlar ilmiy atamalari va tushunchalari qatorida ob-


yekt va predmet tushunchalariga alohida to‗xtalib o‗tish lozim. Tadqiqot-
chi ijtimoiy muammo vaziyatini samarali hal etishi uchun obyekt va pred-
metni to‗g‗ri belgilashi muhim ahamiyatga ega. Obyekt, odatda mustaqil
tushuncha sifatida tadqiqotchi ilmiy-amaliy faoliyatlarining umumiy sar-
hadlarini ifodalaydi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga
solinadi va maxsus tadqiqot ko‗lami sifatida o‗rganiladi. Obyekt predmet-
dan ma‘no jihatidan ancha keng, predmet obyektning hosilasidir. Obyekt
bu subyekt o‗rganishi kerak bo‗lgan narsa yoki voqelikni anglatsa, predmet
esa obyektning qay jihatlarini o‗rganish kerakligini bildiradi. Zero, birgina
obyekt zamirida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib,
o‗rganish mumkin.
Ilmiy muammo obyektini tizimli tahlil etish tadqiqotchi uchun uch fa-
oliyat yo‗nalishini ochib beradi. Ular quyidagilar: tadqiqot predmetini
aniqlab olish, asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish ham-
da tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir. Ko‗pincha ana shu talab-
ning uchalasi bir paytda yuzaga keladi, shu boisdan ham yuqoridagi uch
talabning dastur bosqichlari deb emas, balki dasturning uzviy qismlari deb
qarash maqsadga muvofiqdir.
Izlanishga qaratilgan tadqiqot rejasi uch bosqichdagi tadqiqot turini
(hujjatlarni o‗rganish, ekspertlar bilan maslahatlashuv, kuzatish o‗tkazish)
o‗z ichiga oladi. Bu bosqichlarning birinchisida ilmiy muammo xususidagi
ma‘lum bo‗lgan barcha ilmiy, publitsistik va arxiv hujjatlarini chuqur o‗r-
ganib chiqish nazarda tutilsa, ikkinchi bosqichda shu soha bo‗yicha taniqli
olimlar, tajribali kishilardan iborat ekspertlar guruhi fikrini o‗rganishga
e‘tibor qaratiladi. So‗nggi bosqichda esa tadqiqotchi muayyan ilmlar tasav-
vurlariga ega bo‗lgan holda obyekt xususida kuzatish ishlarini olib borishni
ko‗zda tutadi. Izlanish rejasi ilmiy muammoni aniq nomlab olish va asos-
laydigan gipotezani ilgari surish bilan yakunlanadi.
Bayon etish rejasi bir qator sotsiologik tadqiqot rejalarini qo‗llash,
olingan ma‘lumotlarni tahlil etish orqali qabul etilgan farazning hayotiy-
ligini tekshirib ko‗rish va o‗rganilayotgan obyekt xususida aniq miqdoriy
va sifat xarakteristikasiga ega bo‗lishni taqozo etadi. Bayon etish rejasi
asosida ish ko‗rilganda ilgari ma‘lum bo‗lgan ko‗pgina faktlarni tartibga
tushirish va ular o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar qanday ekanligi xususida
ko‗pgina ma‘lumotlar qo‗lga kiritiladi. Bunday tadqiqotlar obyekt tuzili-
shiga aloqador barcha empirik ma‘lumotlarni klassifikatsiya qilish bilan
yakunlanadi. Sotsiologik tadqiqotlarning eksperimental rejasi obyekt haqi-



88
da ma‘lumotlar asosida izohlovchi farazni ilgari surish imkonini beradi.


Mazkur tadqiqot rejasidan maqsad, obyekt zamiridagi sabab-oqibat aloqa-
larini aniqlash, obyektning ayni holati va rivojlanishi xususidagi shart-
sharoitlarni aniq bilib olishdan iboratdir. Sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazish-
ning real tajribasida muayyan ilmiy tadqiqot jarayonida yuqorida tilga olin-
gan har uch reja ham o‗zaro uyg‗un holatda ketma-ket qo‗llanilib boriladi.


Download 312,51 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Download 312,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

Download 312,51 Kb.