• Savollar va topshiriqlar
  • 9-bob. IJTIMOIY TEXNOLOGIYALAR
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»




    Download 312,51 Kb.
    bet45/53
    Sana06.02.2024
    Hajmi312,51 Kb.
    #152219
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
    Bog'liq
    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi t-fayllar.org

    Tayanch so„z va iboralar 

    Anketa – tartibga solingan savol va mulohazalar bayon qilingan so‗-
    rov varaqasi;
    anketa so„rovi – sotsiologik tadqiqotlarda qo‗llaniladigan so‗rovlar-
    ning asosiy xillaridan biri;
    gipoteza – ilmiy taxmin,faraz;
    intervyu – sotsiologik tadqiqotda maqsadli suhbat;
    kontent – tahlil – sotsiologik axborot mazmunini hujjatlar asosida
    mivdoriy va sifat jihatdan o‗rganish;
    korrespondent – sotsiologik tadqiqot olib boruvchi;
    respondent – sotsiolog so‗roq qilinadigan, surishtiriladigan kishi;
    axborotni kodlash – empirik ma‘lumotlarni qayta ishlash va tahlil
    qilishga tayyorlash bo‗yicha chora-tadbirlar yig‗indisi.

    Savollar va topshiriqlar 

    1. Sotsiologik tadqiqotlarni rejalashtirilipsh qanday amalgam


    oshiriladi?
    2. Sotsiologik tadqiqot dasturi deganda nimani tushunasiz?
    3. Respondentlarni tanlash usullarini gapirib bering.
    4. Ijtimoiy buyurtma nima?
    5. So‗rov usuli nima?
    6. Kuzatish va uning shakllari haqida gapirib bering.
    7. Sotsiologik kuzatishning zarur shartlari nimalardan iborat?
    8. Intervyu nima?
    9. Analitik tahlilning o‗ziga xosligi nimada ko‗rinadi?



    95
    9-bob. IJTIMOIY TEXNOLOGIYALAR 



    9.1. Ijtimoiy texnologiyalar, ularning mohiyati va tasnifi 

    ―Kishilarni boshqarish‖ o‗zining texnologik prinsiplari va strategik


    maqsadlariga ko‗ra ―resurslarni boshqarishdan farq qiladi. Ijtimoiy texno-
    logiyalar boshqarish nazariyasi va ijtimoiy muhandislik doirasida XX asr
    boshlaridan rivojlandi. Ijtimoiy muhandislikning vujudga kelishi sotsi-
    ologik fanlar xulosalarining amaliyotda qo‗llanishi, ijtimoiy texnologiya-
    larning tashkil etilishi bilan bog‗liq.
    AQSh, Fransiya, Angliyada 20-yillarda o‗zaro munosabatlarning turli
    texnologiyalari, tashkiliy texnologiyalar va o‗z-o‗zini boshqarish texnolo-
    giyalari ishlab chiqildi. Ular 1929-1930-yillarda E.Meyoning insoniy mu-
    nosabatlar g‗oyalarida aks etgan. Ijtimoiy muhandislik A.Gostev, P.Ker-
    jensev, M.Birshteyn, O.Ermanskiy nomlari bilan ham bog‗liq.
    ―Ijtimoiy texnologiya‖ atamasiga doir ta‘riflar ko‗p bo‗lsa ham, ular
    aniq emas. Texnologiya atamasini ishlab chiqarish sohasiga tatbiq qilgan-
    da, u materiallarni foydali narsaga aylantirish usullari, vositalari, bu bora-
    dagi xizmatlar va axborotlar majmuyini anglatadi.
    Kishilar turmush darajasini ko‗tarish bilan bog‗liq bo‗lgan ijtimoiy
    o‗zgarishlar yangi ijtimoiy strukturalar, institutlar, ijtimoiy o‗zaro ta‘sir
    shakllarini tashkil qilish chora-tadbirlari ta‘sirida bo‗ladigan investitsiyalar
    jarayonini o‗zida ifodalaydi. AQShlik menejment P.Drukerning fikricha,
    ―Ijtimoiy yangiliklar bug‗ lokomotivi yoki telegrafni joriy qilishga qara-
    ganda ko‗proq ahamiyatga ega». Ijtimoiy texnologiyalar esa innovatsi-
    yalarni amalga oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
    Ijtimoiy texnologiyalar hozirgi paytda ma‘muriy buyruqbozlik tizimi-
    dan siyosiy va iqtisodiy erkinlikka asoslangan jamiyat qurayotgan O‗zbe-
    kiston uchun katta ahamiyat kasb etadi. Barcha sohalarda ijtimoiy hayotni
    tashkil etishning yangi shakl va usullarini izlab topish turli ijtimoiy texno-
    logiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi.
    Jamiyatimizdagi barcha fuqarolar yangi iqtstisodiy munosabatlarga
    etarli darajada tayyor emas. Shuning uchun ham, ijtimoiy texnologiyalar
    hozirgi paytda quyidagilarni taqozo etadi:
    a) aholining ayrim obyektiv sabablarga ko‗ra yangi sharoitga mos-
    lasha olmayotgan qismini ijtimoiy muhofaza qilish;
    b) iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni o‗z-o‗zini boshqarish texnologiya-
    larini yaratish;
    v) minimal vaqt va minimal kuch sarf qilib, kishilarni yangi faoliyat



    96
    sohalari uchun tayyorlashga imkon beradigan ta‘lim texnologiyalarini ish-


    lab chiqish.
    Sotsiologiya fanlarida to‗plangan bilim va tajriba ijtimoiy texnologi-
    yalarni rivojlantirish uchun asos bo‗ladi.
    Yaqin paytlargacha sotsiologiyada keng qo‗llaniladigan usullar, aso-
    san, bilim olish usullari sifatida rivojlantirilgan, hodisaning mohiyati haqi-
    da yetarli xulosalarga ega bo‗la turib, muammolarni hal qilish yo‗lini
    ko‗rsatib bera olmaganlar.
    Sotsiologiyada ijtimoiy texnologiya tushunchasi quyidagi ma‘nolarni
    anglatadi:
    1. Ijtimoiy texnologiya inson faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega
    bo‗lgan maqsadga erishishdagi muayyan usul.
    2. Usulning mohiyati, faoliyatni ish tartibi va marosimlar hamda ope-
    ratsiyalarga oqilona ravishda bo‗lish, ularning o‗zaro muvofiq va muta-
    nosibligini ta‘minlashdir.
    3. Bunday taqsimot avvaldan, ongli va rejali tarzda ilmiy bilimlar, il-
    g‗or tajribaga asoslangan holda amalga oshiriladi.
    4. Ijtimoiy texnologiya ikki shaklda: dastur – ish tartibi va operatsi-
    yalar hamda shu dasturga asoslangan faoliyat shaklida bo‗ladi.
    5. Dastur texnologiyalashtirilayotgan faoliyat yo‗nalishini belgilaydi.
    6. Ijtimoiy texnologiya inson madaniyati elementi bo‗lib, ijtimoiy-
    madaniy muhitda evolutsion yo‗l bilan ―o‗sib chiqadi‖ yoki uning qonu-
    niyatlari asosida quriladi.
    Ijtimoiy texnologiya atamasiga V.G.Afanasev, E.Markaryan, S.Brusov,
    E.Kapitonov kabi qator olimlar ta‘rif berganlar. Ilmiy adabiyotlarda ―ijti-
    moiy texnologiya‖ atamasi quyidagi to‗rt ma‘noda ishlatiladi:
    1. Ijtimoiy texnologiya, ijtimoiy jarayon va tizimlarga ta‘sir ko‗rsatish
    bo‗yicha inson faoliyatini tashkil qilish usullari, vositalarining majmuyidir.
    U ijtimoiy subyektlar o‗zaro ta‘siri uyg‗unligini tashkil qiladi.
    2. Yuqorida ko‗rsatilgan usul va vositalarning bayon etilishi. Ijtimoiy
    texnologiyalarni qo‗llashni o‗rganish 1-3 oydan 2 yilgacha vaqt oladi.
    3. Ijtimoiy texnologiya deganda, shuningdek, qayta tashkil etilgan fao-
    liyatning usul va ish tartibi, marosimlarini tashkil etish, undan foydalanish
    va tarqatishni o‗zida ifodalovchi bilim sohasi tushuniladi.
    4. Ijtimoiy texnoloshya ijtimoiy subyektlarni qayta qurish faoliyati xa-
    rakteristikasini anglatadi.
    Har qanday jarayonni texnologiyalashtirish uchun bir necha shartni
    bajarish zarur. Birinchidan, jarayonning o‗zi shunday murakkablikka ega



    97
    bo‗lishi kerakki, uni ayrim bo‗laklarga ajratish mumkin bo‗lsin. Ikkin-


    chidan, minimum darajadagi sa‘y-harakat bilan maksimal natijaga erishish
    uchun subyekt faoliyatini bir tizimga solishga imkon beruvchi vositalarni
    qidirib topish.
    Har qanday texnologiyaning birinchi belgisi ushbu jarayonni o‗zaro
    bog‗liq bo‗lgan bosqichlar, operatsiyalarga ajratishdan iborat. Ikkinchi bel-
    gisi maqsadga erishishga yo‗naltirilgan faoliyatning o‗zaro muvofiqligi va
    bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Uchinchi belgisi shundan iboratki,
    har bir texnologiya undagi marosim va operatsiyalarni bajarishda bir xillik
    bo‗lishini taqozo etadi.
    Ijtimoiy texnologiyalarda ma‘naviy va moddiy ishlab chiqarish orasida
    inson qobiliyati va talablarining almashuvi vositasi nazarda tutiladi
    Inson, odamlarning o‗zaro ta‘siri, katta va kichik ijtimoiy guruhlar,
    shuningdek, turli institut va tashkilotlar ijtimoiy texnologiyaning obyekti
    bo‗lib hisoblanadi.
    Ijtimoiy-texnologik yondashuv ma‘muriy buyruqbozlik munosabati-
    ning muqobili hisoblanadi. U ijtimoiy hodisalar ichki va tashqi aloqalari
    turli-tumanligini, o‗zgartirishlarning ko‗p variantliligi va tabiiyligini, in-
    sonning shaxs sifatida rivojlanishini ta‘minlashni, har bir insonning o‗z
    imkoniyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishni taqozo etadi.
    O‗zbekistonda hozirgi paytda chuqur ishlab chiqilgan texnologiyaga,
    jamiyatning rivojlantirishga, shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqlarini
    muhofaza qilishga talab katta va barcha sharoit mavjud. Ushbu davlat
    ahamiyatidagi muammoni hal qilish uchun o‗rta va mikrodarajadagi ijti-
    moiy texnologiyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish kerak.
    Bozor iqtisodiyoti har bir odam mehnatining samarali bo‗lishiga imkon
    beruvchi boshqarish va tashkil qilishning zamonaviy texnologiyalarini, tur-
    li faol ijtimoiy guruhlar orasida ishchan aloqalarni tashkil etishni talab
    qiladi.
    Real hayotda turli texnologiyalardan foydalaniladi. Inson faoliyati va
    ijtimoiy jarayonning har bir turi uchun turlicha texnologiyalar ishlab chi-
    qarilgan. Ularning har biri o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Bugungi kunda
    boshqarish va axborot texnologiyalari, shuningdek, ta‘lim va kasbiy tay-
    yorgarlik, sog‗lom turmush tarzini shakllantirish hamda faol insonni rivoj-
    lantirish texnologiyalari, nizolarni hal qilish kabi texnologiyalar ishlab chi-
    qilyapti. Inson va uning faoliyatini o‗rganuvchi har bir tarmoq ijtimoiy
    jarayonlarni takomillashtirishga yordam beruvchi o‗z ijtimoiy texnolo-
    giyasini yaratmoqda.



    98
    Ijtimoiy texnologiyalarning qanday ijtimoiy munosabatlar darajasida


    ishlab chiqilishi va joriy etilishiga qarab, ularni uch guruhga bo‗lish mum-
    kin:
    – makrotexnologiyalar, ya‘ni makrotizimlar (jamiyatning hududiy ti-
    zimlari, sinflar, partiyalar, katta ijtimoiy guruhlar va b.) texnologiyasi;
    – mezotexnologiyalar, ya‘ni o‗rta darajada – shahar, boshqa aholi
    punktlari, yirik mehnat kollektivlari va boshqalarda qo‗llaniladigan texno-
    logiyalar;
    – mikrotexnologiyalar, ya‘ni kishilarning katta bo‗lmagan birlash-
    malari, mikrodarajadagi ijtimoiy jarayonlar, shuningdek, shaxs imkoni-
    yatlarini rivojlantirish va undan oqilona foydalanishga mo‗ljallangan tex-
    nologiyalar.
    Ijtimoiy texnologiyalarni jamiyat hayotining asosiy sohalari va inson
    faoliyati turlariga ko‗ra yana quyidagicha tasnif qilish mumkin: ishlab chi-
    qarish va mehnat, siyosiy, ta‘lim faoliyati, sport sohasi, oilaviy turmush
    sohasi bo‗yicha.
    Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha ijtimoiy texnologiyalarni 4 turga ajratib
    ko‗rsatiladi:
    1. Ijtimoiy tizimlarni shakllantirish texnologiyalari (masalan, ijtimoiy
    loyihalash);
    2. Ijtimoiy tizim va jarayonlar barqarorligini ta‘minlashga yo‗nal-
    tirilgan funksional texnologiyalar (masalan, ijtimoiy boshqarish);
    3. Ijtimoiy tizimlarni o‗zgartirish va rivojlantirishga qaratilgan texno-
    logiyalar (ochiq turdagi o‗yin usullari);
    4. Ijtimoiy kurash texnologiyalari ijtimoiy tizimni muhofaza qilish va
    keraksiz hodisalarni bostirish texnologiyalari (jamiyatdagi xavfsizlik va
    tartibni muhofaza qilish)
    1
    .
    Shunday qilib, ijtimoiy texnologiya mavjud tajribani tanqidiy tahlil qi-
    lish asosida ijtimoiy jarayonlar va kishilar faoliyati samaradorligini oshi-
    rishga yordam beruvchi innovatsiyadir.

    Download 312,51 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




    Download 312,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliyа instituti R. Umarova sotsiologiya o‗quv qo‗llanma Toshkent «iqtisod – moliya»

    Download 312,51 Kb.